Namozda bosh kiyim
Assalomu alaykum! Oq rangli bosh kiyimda namoz o‘qish makruhmi? Masjid imomi maruzasida aytdiki bizni mazhab(xanafiy)da bosh kiyim oq bo‘lmasligi kerak. Biz arablarni yoki boshqalarni milliy kiymlarni emas o‘zimizning milliy bosh kiyimlar bilan namozga kelishimiz kerak dedi. Men ba’zi holatlarda nima bo‘lsa ham bosh kiyim kiyib namoz o‘qiredim. Ba’zida kepka bazida oddiy romolchani boshimga qo‘yib ham o‘qiyman. Aslida namozda qanday bosh kiyim bo‘lish kerak? Alloh hammamizga to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo : “Har namozda ziynatlanib oling!” degan. Shuning uchun namoz o‘qish oldidan ziynatli kiyimlarni kiyib olish mustahab sanalib, eski kiyimlarda namoz o‘qish makruh sanaladi. Maqsad faqat do‘ppi kiyish emas, ziynatli kiyim kiyish. Shuning uchun eski do‘ppi kiyish, ro‘molchani boshga bog‘lab olish makruh sanaladi. Chunki hech kim o‘sha ahvolda biror kishiga yo‘liqishni ziynat deb bilmaydi. Odatda do‘ppi kiyish ziynat hisoblangan joylarda uni tark qilish makruh sanaladi. Azaldan musulmonlar salla va do‘ppi kiyishni ziynat deb bilganlar. Shuning uchun fiqhiy kitoblarimizda boshyalang namoz o‘qishni makruh deganlar. Bu boshqa vaqt ziynatlanib namozga kelganda uni tark qilingani uchundir. Agar kepkalarni ham teskari qilib olish tarki ziynat bo‘lib, odamlar oldida unday qilishdan uyalsa, namozda ham unday qilib olish makruh sanaladi. Vallohu a’lam.
27 Апрел 2022, 05:05 | Савол-жавоблар | 251 | Turli savollar