Erning ayoliga qo‘l ko‘tarishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Meni yoshim 34da, turmush qurganimga 16 yil bo‘ldi, 2 nafar farzandim bor. Shu vaqt ichida turmush o‘rtog‘imni barcha shartlariga sharoitlariga ko‘nib ayollik vazifamni bajarib keldim, turmush o‘rtog‘im shu vaqt ichida deyarli meni va farzandlarimni kiyim bosh bilan taminlamadilar, 2 oy oldin qizimning ustidagi qishki to‘ni juda xam eskib ketgan edi qizimning ko‘z yoshi sabab erimga kuniga 1000 so‘mdan pul bering qizimizga to‘n olib beraylik degan edim “olib bermayman” deb bosh soxamga qattiq zarb bilan urdilar. Bunga men chidolmay jaxl ustida onamnikiga ko‘chimni yig‘ib keldim. Keyin oilamni saqlash uchun qaytib borsam qabul qilmadilar, ayb mendami yoki turmush o‘rtog‘imda? Hozir onamnikidaman, maslaxat beringlar nima yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni bizga bergan bu guvohligingiz bo‘yicha ayb sizda emas. Yana haqiqatini Alloh taolo biladi. Sabr qiling. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 05:16 | Савол-жавоблар | 186 | Oila va turmush