Baqa kir bir ikki kun yashagan suv xususida
Bizdek sizni qattiq yaxshi ko‘ruvchi shogirdlaringiz va sizga muhabbatli barcha mo‘minlarning baxtiga Alloh taolo sizni O‘z panohida asrasin, umringizni uzun, rizqu martabangizni bundanda ziyoda qilsin! Ustoz qimmatli vaqtingiz uchun rozi bo‘ling. Ruhsatingiz bilan sizga savolim bor edi. Takroriy bo‘lsa uzr so‘rayman, qidirib topolmadim. Toza suv saqlanadigan hovuzga qurbaqa tushib, bir ikki kun yashasa, suvdagi baqani olib tashlansa-yu, bu holat bir necha bor takrorlansa. Shu suvni iste’mol qilish, yoki, tahoratga ishlatish, shu suv vasitasida liboslarni poklash joizmi? Yoki bunday suv harommi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur! Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hovuzga qurbaqa tushsa suv harom yoki nopok bo‘lib qolmaydi.
26 Май 2022, 19:54 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hovuzga qurbaqa tushsa suv harom yoki nopok bo‘lib qolmaydi.
26 Май 2022, 19:54 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar