Oyatal-Kursi, Taloq surasining 2-chi oyati, Kaf, Rohman suralari haqida
Assalomu alaykum! Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukurlar bo‘lsin, Muhammad alayhi salotu vassalomga salovotu-durudlar bo‘lsin. Shayx hazratlari Ramazon oyida qilingan ma’ruzalaridan ko‘rib yangidan yangi bilimlarni olmoqdamiz. Shulardan birida ya’ni "Allohning zikri ila qalblar orom topur" ma’ruzalarida virdlar (mo‘min bandalar uchun har kunlik qo‘shimcha ihtiyoriy vazifalar) haqida gapirgan ekanlar. U erda:
1) Bomdoddan namozidan keyin 100 marta istig‘for aytish, 100 marta "La ilaxa illalox"ni (tahlilni) aytish, payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamga 100 marta salovot aytish, so‘ng "Ixlos" surasini 100-marta o‘qish, bomdoddan keyin "Yasin" surasini o‘qish;
3) Kun davomida "Fath", "Yasin", "Taborak" suralarini o‘qish;
4 ) Saloti-Shuruq namozini, Zuho(Choshgoh) namozini o‘qish;
9) Asr namozidan so‘ng "Na’ba" (Amma) surasini o‘qish;
10) Shomgacha vaqti kirguncha istig‘for aytish;
11) Shom namozidan so‘ng to hufton namozi vaqti kirguncha 2, 4 yoki 6 rakat avvobiyn namozini o‘qish;
12) Shom yoki hufton namozidan so‘ng "Mulk" va "Taborak" suralarini o‘qish;
13) Har kuni kechda "Voqe’a" surasini o‘qish (ushbu surani "rizq" surasi deyishar ekan) tavsiyalarini bergan ekanlar. Men "Muslim Pro" nomli telefon ilovasida "Mashxur sura va oyatlar" degan bo‘limi bo‘lib, u erda avvalda nomi keltirilgan suralar ba’zilari : "Oyatal-Kursi", "Taloq" surasining 2-chi oyati, "Kaf" surasi, "Rohman" suralari va boshqa suralar ham ko‘rsatilgan. Savolim shuki, ushbu ilovada ko‘rsatilgan suralarning hosiyati haqida ma’lumot bera olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ma’lumotlar batafsil yozilgan kitob haqida ma’lumot bera olamiz. Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Hadis va Hayot” kitobining 30-juz’i “Qur’on fazilatlari”ni olib o‘qisangiz boshqa suralar fazilatini ham bilib olasiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 05:27 | Савол-жавоблар | 214 | Dolzarb savollar