sevgisi uchun kurashish
Hurmatli ustoz Shayx Hazratlari. Qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom qilsin.Mendan okam so‘rab berishni iltimos qilganlari uchun okamni nomidan yozaman: Meni yoshim 21 da, men 3 yildan beri o‘qishga harakat qilib kiromayaman , o‘qishga tayyorlanib yurgan paytlarimda bir qiz bilan sevishib unga qattiq bog‘lanib qoldim u ham meni sevgimni rad qilmadi 3 yil davomida birga o‘qib bir birimizi sinab ahdu paymon qilgandik. uni uyiga sovchilar kelib uni shoshiriwdi bizani munosabatlarimizi uydilari bilishmasdi, shunda u meni uydilarim kelishlarini so‘radi men undan bir yoshgina kotta edim xolos , xullas xali tayor emasdim lekin shundo bo‘sayam uydila bilan maslahatlashib ularni kondirdim xullas sovchilikka borishadigan bo‘lishdi, uydila borishdi qizi uydilari bilan gaplashishdi shunaqa bza bir birimizi anchadan beri bilishimizi va ahd paymon qilganimizi aytishgan, lekin qizni buvisi o‘glila xali yoshakan xali o‘qishga kirmaganakan yana qizimga tuxmat qmela qizim hch kim bilan gaplashmagan db uydilarimi yolg‘onchiga chqarishibdi, va uydilarimga rad javobini berishibdi, shu kuni hayot ko‘zimga qorong‘u bolib korinib ketdi kundan kunga sog‘lig‘imi yoqotib bordim, ahvolimi ko‘rgan onam siqilma yana borib kelamiz db biza birga tushgan rasmimizyam olib ulaga tushgan rasmimizi isbot qilgani ko‘rsatgani ketishdi, qiznikiga borb buvi onasiga rasmimizi korsatishibdi ishontirish uchun lekin ula munosabatlarimizi bilib turbam tushunishi xoxlashmadi, qizliginyam ko’ngliga qarab o’tirishmadi, va yana rad javobini berishdi, men xaliyam tushkunlikda edim. O’zgina vaqtlar o’tdi kundan kunga uni manga etishmayatganligini qadri rosa bilinvotganligini his qilardim, oxiri bu azoblaga chdomadim o’zim qizni uyiga borib otasi bilan gaplashgani yurak yutib bordim, uyga kirgazishdi otasiyam bizani oramizdagi bop o’tgan gaplardan habardor edi, lekin onasi ya’ni qizni buvisi borligi uchun hech narsa demasdan bu ishlarni eg‘ishtirishimi bu bo’lmag‘ur orzu xavaslarni kallamdan chqarib tashlashimi va boshqa bu uyga kelmasligimi talab qildi. Sababi nima deb so’rasam qizimi o’qimagan bollaga bermiman db aytishdi, mayli qizi o’zi nima dirkin deb o’zidan so’rasam u: men also rozimasman siz mani sharmanda qildiz db javob berdi bu javobdan dovdirab qoldim chunki shuncha payt birga bo’lishimizi orzu qilib yurgan qiz bunaqa javob berishini bunaqa to’satdan o’zgarib qoganini hcham tushuna olmasdim, shu kuni uyga juda o’g‘ir ahvolda o’zim xoxlamagan xolda to’xtamasdan eg‘lab keldim.. Onam mani harchand ovutishga urinmasinlar u qiz hayolimdan ketmasdi,, qo’yvur bolam xali bundanam yaxshi qizla uchridi xali xayotin xammasi oldinda tushkinlika tushma deb rosa ovutdilar.. xullas xammasidan umidimi uzdim oxirgi marotaba qiz bilan ko’rishib u bilan nega bunaqa bo’ganini nega rostini aytmaganini so’radim, shunda u mendan kechirim so’rab (eg‘lab) uni qo’lida emasligini, u roziligini aytsa ham uni eshitib o’tirishmaganligini hulas u majburlidan manga rad javobini berganini aytdi, bita o’ziga toq yaxshi oiladan sovchi kelayotganmish ushanga uydilari usha oilaga mo’ljalashayotganmish, man bunaqa narsala faqat kinoda bo’ladi dib yurardim mana o’zimyam boshimga tushdi, uni bu ahvolini ko’rib battar ezilib ketdim, bir birimizga yaxshi niyatlar bildirib xayrlashdik, lekin xanuzgacha uni unuta olmayaman uni xudo yo’lida judayam sevardim judayam unutishim qiyin bo’lyapti, Xa etgancha qizning oqishidagi kursdoshi ham uni sevib qolgan ekan , o’qishga surishtirb kelgan sovchilarga yomonlab uni sharmanda qilishgacha boribti bu gaplani eshitib battar o’zimni aybdor xis qilib ketdim.. balki bu taqdirdir alloh balki meni peshonamga yozgandir shu qizi yana bilmadim, xazrat maslahat berin endi nima qilay buyog‘iga , u xaliyam turmushga chqani yoq balki yana borib ota- onasi bilan gaplashib harakat qilib ko’raymi yoki butunlay umidimi uzaymi? Vaqtingizni olgan bo’lsam uzr javobiz uchun rahmat…
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nikohsiz kishilarning yolg‘iz qolishlarining o‘zi harom. Harom ish qilingani uchun Alloh taolo jazo beribdi. Harakat qilib ko‘ring.
27 Апрел 2022, 05:27 | Савол-жавоблар | 164 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nikohsiz kishilarning yolg‘iz qolishlarining o‘zi harom. Harom ish qilingani uchun Alloh taolo jazo beribdi. Harakat qilib ko‘ring.
27 Апрел 2022, 05:27 | Савол-жавоблар | 164 | Oila va turmush