Payg‘ambarimiz alayhissalomning ota-onalarini do‘zaxda degan kimsalar
Assalomu alaykum! Bir «olim» Payg‘ambarimiz alayhissalomning ota-onalarini do‘zaxda deb, hujjat tariqasida bir «hadis»ni keltirib o‘tdi. O‘sha «hadis»ga ko‘ra Payg‘ambarimiz alayhissalomning o‘zlari o‘z ota-onalarini «do‘zaxdaligini» shaxsan bir, savol bergan kishiga «aytibdilar». Men bu «hadis»ni yolg‘on deyman yana ishonmayman, chunki: «FIQHI AKBAR»da shunday yozilgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ota-onalari fitrat (islomiy tabiat — islom)da vafot etganlar».
Alloh azza va jalla o‘z bitigida Islom to‘g‘risida xabarsiz insonlari do‘zaxga solmasligini bizga oydin etgan. Alloh azza va jallaning otlaridan biri «al-A’dl»dir. Savollarim:
1. O‘sha yolg‘on hadisni keltirib o‘tsangiz.
2. Ulamolarning nazdida u «hadis» hukmi qanday?
3. Rosululloh alayhissalomning ota-onalarining qabrdagi holatlari qanday yana qiyomattagacha qanaqa bo‘ladi?
4. Payg‘ambarimiz alayhissalomning ota-onalarini fitratda yashab o‘tganlar deyish o‘rniga, ularni Islom dinida yashab, Islom dinida bu dunyodan o‘tganlar deyilsa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ota-onalari to‘g‘risida hukm qilish xususan do‘zaxda deb hukm qilish o‘ta beodobona ishdir. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qilganidek مَّنِ اهْتَدَى فَإِنَّمَا يَهْتَدي لِنَفْسِهِ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّى نَبْعَثَ رَسُولاً 15. Kim hidoyatga yursa, o‘zi uchungina hidoyatga yuradir. Kim zalolatga ketsa, o‘zi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas. Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz. Alloh taolo umumiy qoida shunday bo‘lishini iroda etgan. Har kim o‘zi uchun javob beradi. Yaxshilik qilsa, hidoyat yo‘liga yursa, o‘zi uchun qilgan bo‘ladi. Boshqa uchun emas. «Kim hidoyatga yursa, o‘zi uchungina hidoyatga yuradir». Uning hidoyatga yurishi boshqaga foyda keltirmaydi. Inchunin, Allohga ham uning hidoyatga yurishidan biror manfaat yo‘q. «Kim zalolatga ketsa, o‘zi uchungina zalolatga ketadir». Ziyoni o‘ziga qaytadi. Alloh taologa hech qanday ziyon etmaydi. Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amrlarini tutgan da’vatchilarga ham zarar etmaydi. Zarar faqat zalolatga ketgan shaxsning o‘zigagina etadi. «Hech bir yukli jon o‘zganing yukini ko‘tarmas». Hamma o‘z og‘irligini o‘zi ko‘taradi. Har kim nima qilsa, o‘zi javob beradi. Shu bilan birga, «Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz». Insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, Xoliq, Mudabbir va Roziq ekanimizga dalolat etuvchi mo‘’jizalarga qarab to‘g‘ri yo‘lni tanlab, Bizga iymon keltirib, ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahm qildik. Mazkur narsalar ustiga, yana ogohlantiruvchi, eslatuvchi payg‘ambar yuborishni ham iroda etdik. Payg‘ambar ogohlantirganidan keyin ham iymon va Islom yo‘lini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Payg‘ambar va uning da’vati etmaganlarni esa azoblamaslikka qaror qildik. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Bu oyat rasul yuborilmaganlar azoblanmasligiga qat’iy dalolat qiladi. Hadis esa bir necha ma’nolarni ehtimol qiladi. U erda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Otam” degan so‘zlari bir necha ma’noni ifoda qiladi. Hadis shorihlari “Otam so‘zlaridan amakilari Abu Tolibni nazarda tutgan” deganlar. Chunki arablar amakini ham ota deydilar. Qolaversa bu hadis yuqoridagi oyatning oldida dalillikka o‘tmaydi. Ularni Islomda yashagan deyilmaydi, balki ular uchun alohida termin(istiloh) “fitrat ahli” so‘zi ishlatiladi. Ularning hukmi ham musulmon bo‘lib, kofirdan alohidadir. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 06:33 | Савол-жавоблар | 179 | Siyrat va tarix