namoz vakti

Assalamu a’laykum va roxmatulloh Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o‘rganib amal qilish, islomiy ma’rifat tarqatish, salafi sollix-ulug‘ mujtahidlarga ergashish, kengbag‘irlik va birodarlik ruxini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at-xurofotni yo‘qotish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlaringizda Allohning o‘zi madadkor va yordamchi bo‘lsin. Qalbingizdagi ezgu niyyatlaringizni xosil qilsin. So‘raguvchi, o‘quvchi muxlisingiz Andijon shahridan Xurmatli Ustoz maktubimni shaxsan o‘qib javob berishingizni iltimos qilaman. Savolim masjidlarimizda taqvim asosida belgilangan azon va takbir vaqtlari xaqida. Avvalo shahrimiz masjidlardagi va taqvimdagi namoz vaqtlari. 27-30 aprel uchun Bamdod Asr Shom XuftonAzon 3:55 17:20 19:20 20:45Takbir 4:30 17:30 19:22 21:0027-30 aprel uchun taqvimda Bamdod Quyosh Asr Shom Xufton27apr 3:44 05:14 17:04 19:04 20:3430apr 3:50 05:10 17:07 19:07 20:37 1. O‘zimizdagi va boshqa chiqarilayotgan taqvimlarning manbai nima? 2. Xozirgi zamon er va quyosh xarakatini o‘rganish ilmlari qaysi darajaga etgan? 4-5 daqiqa farqi bilan to‘g‘rimi yoki aniq daqiqasigacha to‘g‘ri keladimi? 3. Mazhabimzga asosidagi fiqhiy kitoblarda bayon qilingan namoz vaqtlarining xozirgi taqvimlar bilan muvofiqligi qay darajada? 4. Fiqh kitoblarimizda bayon qilingan bamdod namozining mustaxab vaqtini aniqlab belgilash uchun quyosh chiqishidan (taqvimda belgilangan quyosh chiqishi) 40 daqiqa oldin takbir aytilsa o‘sha masalaga muvofiq keladimi? 5. Albatta masjidlarimizda extiyotkorlik yuzasidan azon va takbir vaqtlarini taqvimdagidan 8-10 daqiqa kechiktirib aytiladi, ammo shom namozi uchun shu extiyotkorlik zarurmi?, chunki ikkinchi tarafi ta’xir qilishda karohiyat borligi-chi? 6. 2009 yil uchun chiqarilgan taqvimda bamdod azonidagi avvalgi yillardagiga nisbatan 14 daqiqalik tafovut xaqida: Avvalgi yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolik to‘g‘rilandi,-deyilyapdi va xaqiqatda yangi taqvimdagi o‘zgarish boshqa davlatlar chiqargan taqvimlarga muvofiq. Ammo xalq orasida: Shuncha yil bir hilda kelgan taqvim nega o‘zgaradi, Ramazon oyida og‘izni yopish xolatida yangi taqvimga asosan kechiksa ro‘zamiz nima bo‘ladi?-degan gap so‘zlar bor. Xurmatli ustoz! Ushbu masalada yordamingizga muxtojmiz, javobini kutamiz. Xurmat va extirom bilan Sizga tashakkur bildirib xaqqingizga duo qilib qolamiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar savol berishdan oldin «izlash» belgisi bor joyga «taqvim» deb yozib bir oz kutganingizda meni ovora qilmagan bo‘larmidingiz deyman. Lekin odamlarimizni bunga o‘rgatib bo‘lmayapti. Chunki, ularning ba’zilari buni istamaydilar. Yana qaytarib aytaman, taqvim masjid qavmini jamoat namoziga bir vaqtda jamlash uchun yordamchi omil xolos. Har bir namozning kirish va chiqish vaqti fiqh kitoblarida hadislarda kelgani kabi bayon qilingan. O‘sha ikki vaqt orasida o‘qilgan namoz qabul. Taqvimlarda quyosh chiqishi va botishiga qarab namoz vaqtlarini belgilashga harakat qilingan. Quyoshning chiqish va botish vaqtini esa, falakiyot ilmi ulamolari aniqlaganlar. Misol uchun, bugun quyosh falon soatda botadi. Taqvimchilar o‘sha quyosh botish vaqtini Shom namozi vaqti deb aytganlar. Undan ikki soat avval Asr, bir yarim soat keyin Xufton. Ayni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtda namoz o‘qish farz ham, sunnat ham emas. - Eng muhimi, taqvimni boshqalar chiqardi. Savolni ularga emas, boshqalarga beriladi. Jumladan, 14 daqiqalik tafovut haqida ham. Bu savollarni egalariga bersangiz yaxshi bo‘lar edi.- Xususan, tong otish va quyosh botish vaqtlarida juda aniqlik va ehtiyotlik kerak. Chunki, ro‘zani tutish va ochishda o‘ta aniqlik zarurligi hech kimga sir emas. Odamlarda bu borada ancha tashvish, fikr va mulohazalar bor. Bizga ham bir necha bor murojaat qilindi. Mas’ul va ilmli kishilar kirib kelayotgan Ramazoni sharifdan oldin barcha zarur choralarni qo‘llab aholiga aniq ma’lumot bersalar yaxshi bo‘lar edi.

27 Апрел 2022, 07:06 | Савол-жавоблар | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar