Etim bola asrab olish

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizga ajrini ko‘paytirib bersin. Allohga beadad xamdlar bo‘lsin, bizlarga O‘zini tanitib, O‘zini yo‘lida ibodat qiladigan qilib qo‘ydi. Ayolim xam Allohni tanidigan, iymonli (Alhamdulillahi), 3 (bir kiz va ikki o‘g‘il) farzandlarimiz bor. Men xolis Allohni roziligi uchun, oxiratda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lish umidida bir etim bola boqib olish niyat qilib yurgan edim. Ammo ayolim bu narsaga qanday munosabat bildirar ekan, qalbidan bu bolaga mexr bera olarmikan degan o‘y xayollar bor edi. Bir kuni Alloh ko‘ngiliga solib, o‘zi etim bola boqib olsak-chi deb qoldi. Bu amalni xolis, xech qanday boshqa niyatni aralashtirmasdan faqat Allohni roziligi uchun (InshaAlloh) qilmoqchimiz. Shu yo‘lda sizlarning maslaxatlaringiz kerak edi. 1. Shariatimizda etim bolani boqish, katta qilish, tarbiya va uylantirish kabi xukmlari xaqida ma’lumot bersangizlar 2). Xozirgi jamiyatimizda xaqiqiy etim (otasi yoki ota va onasi vafot etgan), xalol nikoxdan bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga qaerdan olsa bo‘ladi? Mexribonlik uylarida ko‘p xollarda bolalarni o‘z ota onalari bo‘la turib tashlab ketishar ekan. 3). Nasib etsa shunday bola topilsa, ertaga bolalar orasida xar xil savollar tug‘ilib noqulay vaziyatga tushmasligi uchun, uning familiyasini (otasini va onasi isminichi) o‘zgartirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/663 
2). Hozirgi kunda eri vafot topib, balog‘atga etmagan etim bollari bilan qolgan ayollar juda ko‘p. Etim boqish uchun uni o‘z uyingizga olib kelishingiz shart emas. O‘z uyida onasi bilan birga turgan etim bolalarga qilgan muruvvatingiz ham etim boqish hisoblanib hadislarda kelgan savobni olishga kifoya qiladi. Chunki hadisda etimni kafolatga olish aytilgan. Uyiga olib kelib yonida bo‘lishi shart qilinmagan.
3). Alloh taolo har bir yaxshilik qilgan insonni o‘sha yaxshiligi xolis O‘zi uchun bo‘lgan yoki bo‘lmaganini imtihon qiladi. Etim boqib olganlar ham shunday. Xalqimizda bekorga “Etim qo‘zi asrasang og‘iz burning moy bo‘lar, etim bola asrasang og‘iz buhning qon bo‘lar” deyilmagan. Bu gap etimni boqib savobidan bebahra bo‘lgan, Allohning roziligi uchun qilmagan kishilarning gapidir. Alloh taolo etimga beriladigan ajr juda ulkanligidan u bilan bo‘ladigan imtihonni ham qattiqroq qilgan. o‘sha imtihon vaqtida xolis qaramog‘iga olganlar “Men seni xolis Allohning rozligi uchun qaramog‘imga olganman. Savobini ham in shaa Alloh oldim deb umid qilaman. Qolgani meni aslo qiziqtirmaydi. Sendan evaz qaytishini ham umid qilmayman. Biror korimga yarashingni ham umid qilmayman” deyishadi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:06 | Савол-жавоблар | 165 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar