Energetik ichimliklar haqida

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda juda ko‘p energetiklar omma orasida iste’molda yuribdi. Ularni ichishga shariatimiz nima deydi? Koka-kola ichimligida juda kam miqdorda kokain borligi aniqlandi. Uni iste’mol qilishimizni hech qanday karohiyati yo‘qmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir narsaning halol yoki harom ekanligi uning tarkibiga bog‘liqdir. Tarkibida shariat harom qilgan narsalar bo‘lsa, uning iste’moli ham, savdosi ham joiz emas. Hamma narsalarda muboh birinchi o‘rinda turadi qoidasiga binoan, tarkibida harom narsalar bo‘lmasa, yoki bor-yo‘qligi ma’lum bo‘lmasa iste’mol joiz. DINI UChUN O‘ZINI POK TUTGAN KIShINING FAZLI HAQIDA  حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ، عَنْ عَامِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «الْحَلَالُ بَيِّنٌ وَالْحَرَامُ بَيِّنٌ، وَبَيْنَهُمَا مُشَبَّهَاتٌ لَا يَعْلَمُهَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، فَمَنِ اتَّقَى الْمُشَبَّهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِيِنِهِ وَعِرْضِهِ، وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ كَرَاعٍ يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى، يُوشِكُ أَنْ يُوَاقِعَهُ. أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى، أَلَا إِنَّ حِمَى اللهِ فِي أَرْضِهِ مَحَارِمُهُ، أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ، وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ. أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ». طرفه: 2051 - تحفة: 11624 Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida ko‘p odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va sha’ni uchun o‘zini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qo‘riqxona atrofida cho‘ponlik qilib, unga o‘tib ketay degan cho‘ponga o‘xshaydi. Ogoh bo‘ling! Albatta, har bir podshohning qo‘riqxonasi bordir. Ogoh bo‘ling! Albatta, Allohning erdagi qo‘riqxonasi – harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling! Tanada bir parcha go‘sht bor, u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘ling! O‘sha narsa qalbdir».(“Oltin silsila” kitobidan. Sahih Buxoriy). Vallohu a’lam.

27 Апрел 2022, 08:01 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar