Sajda oyatlarida aytiladigan niyat va duo

Assalomu alaykum! Menga sajda oyatlari o‘qilganda sajdaga ketishdan oldin aytiladigan niyati va sajda qilib bo‘lingandan keyingi duosi kerak edi. Iltimos shuni yozib yuborsangizlar. Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tilovatning sajdasini qilish uchun takbir aytiladi va peshona sajdada turganida ushbu  1). سجد وجهي للذي خلقه ، وشق سمعه وبصره بحوله وقوته (الترمذي 2/474 وأحمد 6/30 والحاكم وصححه ووافقه الذهبي 1/ 220 والزيادة له .) Ma’nosi : Yuzim, O‘z qudrati ila uni yaratgan va unda eshitishi uchun, ko‘rishi uchun joylar qilgan zotga sajda qildim.   { فتبارك الله أحسن الخالقين }"[1] “...Bas, yaratuvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli, ulug‘ bo‘ldi.” “Muminun” 14-oyat. (Tafsiri Hilol)  Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyati. 2). "اللهم أكتب لي بها عندك أجراً ، وضع عني بها وزراً ، واجعلها لي عندك ذخراً ، وتقبلها مني كما تقبلتها من عبدك داود " Ma’nosi : Allohim bu sajdam evaziga men uchun huzuringda ajr bitgin va u tufayli mendan gunohni ketkazgin va sajdamni huzuringda men uchun zag‘ira qilgin va bandang Dovuddan qabul qilganingdek mendan ham qabul qilgin. (Termiziy va Hokim rivoyati). “Subhana robbiyal a’la”ni aytsa ham bo‘ladi, so‘ng takbir aytib boshini sajdadan ko‘taradi.  Vallohu a’lam.

27 Апрел 2022, 08:01 | Савол-жавоблар | 284 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar