Qasam ichish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar o‘rtog‘larim ko‘p qasam ichishadi. Biri “agar gaping yolg‘on bo‘lsa Xudo ursinmi, yoki Alloh haqqimi” deydi. Nargaisi gapi yolg‘on bo‘lsa ham “Alloh haqqi” deydi yoki “Ha” degan javobni o‘zini aytadi. Qasam gunohi qanday? “Alloh haqqimi” desa, “Ha” desa ham qasam ichgan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qasam ichgan hisoblanadi. Yolg‘ondan qasam ichish gunohi kabira hisoblanadi. Qasam uch turlidir: 1. Kishining o‘tgan narsani qilgani yoki tark etganiga qasddan yolg‘on qasam ichishi g‘amusdir. U ila gunohkor bo‘ladi. «Famus» so‘zi lug‘atda «cho‘milish», «ko‘milish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki unday botil qasam o‘z egasining jahannam oloviga cho‘milishiga, ko‘milishiga sabab bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «الْكَبَائِرُ الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ، ليَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ، أَوْ مَالَ أَخِيهِ، لَقِيَ اللهَ وَهُوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ، فَأَنْزَلَ اللهُ تَصْدِيقَهُ: (إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً) إِلَى آخِرِ الْآيَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir musulmon odamning (yoki «o‘z birodarining», dedilar) molini uzib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U Zot undan g‘azablangan holda bo‘lur. Bas, Alloh o‘shaning tasdig‘ini: «Alohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar – albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir», deb nozil qildi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ مَصْبُورَةٍ كَاذِبًا، فَلْيَتَبَوَّأْ بِوَجْهِهِ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim yolg‘ondan lozim qiluvchi qasam ichsa, o‘zining do‘zaxdagi o‘rindig‘iga tayyorlanaversin», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. 2. O‘shanda o‘zi haq ekanini gumon qilsa-yu, ish aksincha bo‘lsa, qasam behudadir. Bunda afv etilishi umid qilinadi. Hanafiy va molikiy mazhablari bo‘yicha, kishi bir narsani to‘g‘ri deb gumon qilib qasam ichsa-yu, noto‘g‘ri chiqib qolsa, uning aytganlari «behuda qasam» bo‘ladi. Bu holatda unga na gunoh va na kafforat bo‘lmaydi. Til o‘rganib qolganidan o‘ylamay-netmay ichiladigan qasamga ham «behuda qasam» deyiladi. Ayniqsa, arablarda «qasam» lafzi oson chiqadi. So‘z orasida ham «Vallohi», «Billaahi», «Tallohi», deb yuboraverishadi. Bunda qasam ichish niyati umuman bo‘lmasa ham, til o‘rganib qolgan bo‘ladi. Turkiy xalqlarda har narsaga «Xudo ursin», deyaverish ham shunga o‘xshaydi. Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalardan birlari bilan yo‘lda ketayotib, ov qilayotgan kishilarning oldidan o‘tib qolishdi. Shunda: «Allohga qasamki, urdim», «Allohga qasamki, xato qildim», degan ovozlar eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan ketayotgan kishi: «Qasamxo‘r bo‘lishdimi?» deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo‘q, ovchilarning qasami behuda bo‘ladi. Kafforat ham, uqubat ham yo‘q», dedilar. Demak, behuda qasam kechirilgandir, uning uchun hech qanday gunoh ham, jazo ham yo‘q. Lekin musulmonlik odobi ko‘p qasam ichmaslikni taqozo qiladi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا فِي قَوْلِهِ تَعَالَى : (لاَّ يُؤَاخِذُكُمُ اللّهُ بِاللَّغْوِ فِيَ أَيْمَانِكُمْ) قَالَتْ: أُنْزِلَتْ فِي قَوْلِهِ: لَا واللهِ، بَلَى وَاللهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Oisha roziyallohu anhodan Alloh taoloning: «Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas», degan qavli haqida rivoyat qilinadi: «Bu oyat birovning «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» kabi gapi haqida nozil qilingan». Buxoriy rivoyat qilgan. وَعَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: هُوَ كَلَامُ الرَّجُلِ فِي بَيْتِهِ: كَلَّا وَاللهِ، وَبَلَى وَاللهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U (behuda qasam) – kishining o‘z uyida «Yo‘q, vallohi!» va «Ha, vallohi!» deyishidir», dedilar». Abu Dovud, Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyat qilishgan. 3. Agar kelajak narsaga qasam ichsa, qasam bog‘lanadi. Mana shu qasamdagina qasamxo‘r bo‘lsa, kafforat o‘taydi. Agar qasamni yoki qasamxo‘rlikni unutib yoki majburlanib qilgan bo‘lsa ham. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 02:15 | Савол-жавоблар | 235 | Dolzarb savollar