yangi yil xaqida

Assalamu alaykum! Men Islom dinining har bir buyruqlariga amal qilishga harakat qilayapman. Men avval dunyoviy imllarni olib, hozirda diniy ilmni olayapman. Yangi yil bu musulmonlar bayrami emas, balki nasroniylar bayrami ekanligini, buni "bayram kuni" deb tabriklash o‘sha din vakillarining ishi ekanligini bildim. Hamma bayram qiladi, dasturxon solib tabriklar aytishadi. Men ularga "Bu ish noto‘g‘ri, mumkin emas. Axir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon va ramazon kunini bayram deganlar" desam hech kim gapimga quloq solmayapti. Oilam, qarindoshlarim va yaqinlarim ham meni gapimga kirishmay "sen vohobiylashib ketyapsan" deb quloq solmay, o‘sha kuni bayram qilishmoqchi. Hazrat men nima qilishimni bilmayapman. Maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qiling. Bu kabi odamlarning ongiga singib ketgan narsalar o‘zgarishi sekin ko‘chadi. O‘sha siz shikoyat qilgan kishilar sizning darajangizga etishi uchun siz bilgan narsalarni bilishi va anglagan narsalarni anglashi kerak. Bu esa vaqt va harakat talab qiladi. Siz tushintirishda davom etavering. Savob olasiz.

20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 176 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar