sexir jodu

asalomu alekum qoriaka. sexru jodu dep er xotini ortasida farzan bo‘masligi mumkunmi ? agar shundae bo‘lsa qanaqa eo‘li bor qaetarishga va besh maxal nomoz o‘qidigan odamga xam tasir qiladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
At-Tahonaviy «Kashshofu istilohotil funun» nomli kitobida sehr haqida quyidagi tahrifni keltiradi:«Sehr ilmning bir navi bo‘lib, uni javharlarning xususiyatlarini va yulduzlarning burjlarini bilishdan istifoda qilinadi. Ana o‘sha narsadan sehr qilingan kishiga haykal olinadi va uning uchun burjdagi maxsus vaqtni kutiladi. So‘ngra shariatga xilof kufr va fahsh so‘zlarni talaffuz qilinadi. Unga shaytonlarning yordami ila erishiladi. Ularning hammasining jamlanishidan sehr qilingan kishida g‘aroyib holatlar yuzaga keladi».Al-Qalyubiy sehrni quyidagicha tahriflaydi:«Sehr shariatda iflos ruhlarni maxsus so‘z va amallar orqali ishlatib odatdan tashqari holatlarni keltirib chiqarishdir».Hanbaliylar sehrni quyidagicha tahriflaydi:«Sehr tugunlar, so‘zlar, dam solish yoki bir narsalarni yozish yoxud qilish orqali kishining badani, qalbi yoki aqliga bevosita tahsir qilishdir».Mazkur tahriflarni jamlab o‘rgansak, ularning har birida sehrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z borayotganini ko‘ramiz. Demak, ushbu tahriflarning yig‘indisidan sehrni to‘laroq ang¬lab olamiz.Sehrga aloqasi bor narsalar.1. Shahvaza.Bu narsani bizda baxshilik deb aytishimiz ham mumkin. Bu aslida qo‘li engillikdan iborat bo‘lib chaqqon harakatlar bilan bir oz hiyla ishlatib biror narsani boshqacha qilib ko‘rsatiladi. O‘zining biror eriga berkitib olgan narsani bemorning ichidan olgan qilib ko‘rsatadi.2. Nashra.Bu dam solishning bir turi, unda jin tekkan deb gumon qilinayotgan odam muolaja qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bemorni o‘rab olgan dard¬ni nashr qilinadi, yahni, yozib yuboriladi degan dahvo qilinadi. Bu ish ham sehr hisoblanadi.Imom Ahmad ibn Hanbal Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:«U zot sollallohu alayhi vasallamdan nashra haqida so‘ralganda, «U shaytonning amalidandir», dedilar».3. Azoimxonlik.Bu so‘z aziymatdan olingan bo‘lib, qasam ichish mahnosini bildiradi. Unda azoimxon mahlum ism¬lar ila qasam ichib jin tekkanlarga shifo so‘raydi. Ularning dahvosicha mazkur ismlar Sulaymon alayhissalom jinlarning qabilalariga muvakkal qilib qo‘ygan farishtalarning ismlari emish. Agar o‘shalardan birining ismi ila qasam ichsa, u o‘ziga tobe jinni ishga solar emish.4. Tilsim.Yulduzlarga bog‘liq deb gumon qilingan ism-lardir. Ular bahzi bir mahdan yoki boshqa narsalarda bo‘lib o‘shalar bilan kishilarni davolash dahvosi qilinadi.5. Avfoq.Bunda turli raqamlarni handasiy shakllarning ichiga maxsus uslubda chiziladi. Kim o‘sha shakllar solingan qog‘ozni o‘zi bilan olib yurilsa, tug‘ishni osonlashtiradi, bir lashkarni boshqasi ustidan g‘alabasini tahminlaydi, mahbusni qamoqdan chiqaradi, degan dahvolar qilinadi.6. Munajjimlik.Bu so‘z lug‘atda yulduzga nazar solishni anglatadi. Ammo istilohda falakdagi shakllardan erdagi hodisalarni bilib olishni dahvo qilishdan iboratdir.Sehrning haqiqati.Bahzi toifa va shaxslar sehrni tamomila inkor qilib uning haqiqati va tahsiri yo‘q, quruq xayoldan boshqa narsa emas, degan bo‘lsalar ham ahli sunna mazhabi jumhuri sehrni ikkiga bo‘lganlar.Birinchisi, hiyla, chaqqonlik, ustamonlik kabi ishlar bilan ajablanarlik ishlarni ko‘rsatish. Bir oz o‘ylagan odam uni oddiy ish ekanini tushunib oladi. Bu turni ajnabiy tilda «fokus» de¬yiladi.Ikkinchisi, haqiqati, tahsiri bo‘lib u kishining badanida, ruhiy holatida, aqlida o‘zini ko‘rsatadi. Bu xildagi sehrni hanafiylar, shofehiylar va hanbaliylar to‘laligicha sobit narsa deb tan olganlar. Ular o‘zlarining bu gaplariga yuqorida zikr qilingan oyat va hadislarni dalil qilib keltirganlar.Sehrning hukmi.Sehr qilish harom va gunohi kabiradir.Sehrni halol deb ehtiqod qilgan kishi kofir bo‘lishiga hamma fuqaholar ittifoq qilishgan.Hanafiy, molikiy va hanbaliy fuqaholar sehr¬ni o‘rganish harom va kufrdir, deganlar.Bahzi hanafiylar dushmanning sehrini qaytarish va er-xotinning orasini yaxshilash uchun sehrni o‘rgansa bo‘ladi, deganlar.Hanafiylar sehrgarning sehri kufrdan iborat bo‘lsa yoki sehrini odamlarga zarar etkazishga ishlatgan bo‘lsa, u qatl qilinadi, deganlar.Sehr qilgani uchun haq olish joiz emas.Sehrning muolajasi.Alloh taoloning bu dunyoda joriy qilib qo‘ygan qonun-qoidalarini taammul bilan o‘ylab ko‘rgan kishi turli ofatlar va bemorliklarning oriz bo‘lishi ham borliqdagi muqaddar qonun-qoidalardan biri ekanini anglab etadi. Bularning hammasi Alloh taolo tomonidan bo‘ladigan sinovdir.Kim solih bandalar balo va musibatlardan uzoqda bo‘ladi deb o‘ylasa xato qiladi. Solih kishiga ofat va musibatlarni etib turishi Allohning unga bo‘lgan muhabbatining alomatidir. Solih kishiga jumladan, bemorliklarni etib turishi Alloh taoloning unga yaxshilikni iroda qilgani alomatidir. Bunday kishilar uchun ofat va bemorliklar gunohlarining kafforatidir.Ha, agar musibatga uchragan banda solih bo‘lsa, musibat uning uchun gunohlarga kafforat yoki darajotlarining ko‘tarilishidir. Agar osiy bo‘lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini eslatishdir.Gohida bandaga sehr va ko‘z tegishi orqali ham musibat etadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo‘llarini yaxshi bilib olishi kerak. Saqlanish muolaja qilishdan ko‘ra osonroqdir. Sehr va ko‘z tegishdan saqlanish bir necha uslublar ila amalga oshadi1. Tavhid ila ruhni tetiklashtirish.2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqatgina Alloh taoloning O‘zi qilishiga iymon keltirish.3. Yaxshiliklarni ko‘p qilish.4. Sehrgarligi va ko‘zi borligi ila mashhur bo‘lgan odamlardan uzoqda bo‘lish.5. Allohdan sehr va ko‘z tegishidan panoh so‘rab kerakli duo va zikrlarni o‘qib yurish. 6. Mazkur duo va zikrlar haq ekani va ularning foydasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo‘lsa, tahsir ham shuncha kuchli bo‘ladi.7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbi hozir bo‘lishi. Chunki g‘ofil qalb ila qilingan duo qabul bo‘lmaydi.8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod va kechkilari asr namozidan keyin aytiladi. 9. Oyatul Kursiy, Baqara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falaq va Nas suralari sehr va ko‘z tegishidan saqlanish uchun o‘qiladi. Boshqa duo¬lar va zikr¬lar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan.10. Sehrlanib qolganlik va ko‘z tekkanlik alomatlari quyidagicha: kishining ahzolari sog‘ bo‘la turib boshining u er bu eri og‘risa, yuzi sarg‘aysa, ko‘p terlasa va siysa, ishtahasi yo‘qolsa, yuragi bejo bo‘lsa, belining va ikki kuragining pas-tida og‘riq bo‘lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi bo‘lsa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsirayversa, achchig‘i chiqaversa, odamlarga qo‘shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo‘lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo‘yingki, tibbiyotga oid bo‘lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi.Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo‘lib vasvasaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Sehr qilingan odam bir necha yo‘l bilan muolaja qilinadi.Birinchisi, sehrning joyi aniq bo‘lsa, uni olib Falaq va Nas suralarini o‘qib turib tugunlari echiladi. So‘ngra kuydirib yuboriladi.Ikkinchisi, sehrni o‘ziga o‘xshash sehr bilan muolaja qilish. Bu ish haromdir.Uchinchisi, sharhiy dam solish yo‘li bilan muolaja qilinadi. Bunda Fotiha, Falaq va Nas suralarini yoki Payg‘abarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan duolarni o‘qiladi. Imom Abdurrazzoq «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagi mahnoni keltirgan:«Sidrning bargidan ettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kofi¬run, Ixlos, Falaq va Nas suralari uch marta o‘qi¬ladi. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Alloh shifo berguncha takror qilinadi».To‘rtinchisi, sehr qilingan narsa qorinda bo‘lsa ich surish, boshqa joyda bo‘lsa, qon olish bilan bo‘shash.11. Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari va sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bilan bo‘lishidir.12. Dam solish arab tilida yoki mahnosi tushunarli bo‘lishi shart.13. Dam solish o‘zicha tahsir qilmasligi, shifoni faqat Allohning O‘zigina berishiga ehtiqod qilmoq shart.14. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo‘lishi kerak. U qanchalar taqvodor bo‘lsa, tahsiri shuncha kuchli bo‘ladi.15. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuzlanish va yolborish lozim.16. Kishi o‘ziga-o‘zi dam solgani afzal.17. Dam soldiruvchi kishi solih mo‘min bo‘lishi kerak.18. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Alloh taoloning O‘zidan so‘rashi lozim.19. Shifo bo‘lmayapti deb shoshilmasligi kerak.20. Ko‘z tegishidan xavfsiragan joylarga tumor, ko‘zning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas.21. Sehrgarlar odamlarni o‘ziga ishontirish uchun taqvodor bo‘lib ko‘rinishga harakat qiladilar. Buning uchun ular namoz o‘qishlari, zikr qilishlari va boshqa odamlarni jalb qiladigan ishlarni amalga oshirishlari bor.22. Sehrgarlarning alomatlari ko‘p. Shulardan biri ular bemorning va uning onasining ismini so‘raydilar. Holbuki sharhiy dam solishda bu ismlarning hech keragi yo‘q.23. Sehrgarlar bahzi kiyimlarini yoki kiyim parchalarini keltirishni so‘raydilar.24. Sehrgarlar mahlum sifatga ega hayvon keltirishni so‘raydilar. Ularning jinlarga atab so‘yishlari yoki qonini bemorga surtishlari mumkin. Bu ham sehrgarlikning alomati.25. Sehrgarlar mahnosini tushunib bo‘lmaydigan tilsim va shakllarni chizadilar.26. Sehrgarlar bemorga to‘rtburchak shakllar ichiga turli harflar va raqamlar yozilgan varaqlar berishadi.27. Sehrgarlar bemorlarni odamlarga aralashmay mahlum muddat alohida xonada yashashni amr qiladilar va hokazolar.

27 Апрел 2022, 08:34 | Савол-жавоблар | 280 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar