Bir darddan qutulishni xoxlayman
Assalomu alaykum! Yoshim 16da. Avvalombor uzr so‘rayman bunday yozayotganimdan. 2-3 yildan beri onanizm bilan shug‘ullanaman. Bu odatdan qutulish uchun ancha harakat qildim, foydasi bo‘lmadi. Sabr berishni Xudodan so‘radim, lekin chidolmadim. O‘zimni o‘zim yomon ko‘rib ketaman, qanday qilib bu odatimni yo‘qotsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni bu ishni qiladi deb o‘ylamaymiz, ya’ni Lut alayhissalomning qavmining amalini. Lekin shu amal borasida sahih sanadlar bilan bir kafan o‘g‘risining voqe’asi kitoblarimizda zikr qilingan. Kafan o‘g‘risi bo‘lib, keyinchalik qattiq tavba qilib bir yangi ko‘milgan mayyitni kafanini o‘g‘irlamoqchi bo‘lib qabrini ochganida mayyitning qabrda yo‘qligini ko‘rgan ekan. Shunda muhaddislarning kattalaridan bir kishining oldiga borib voqe’ani aytganida u zot : “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Kim Lut alayhissalomning qavmining amalini qiladigan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadini(qabrida qoldirmay) o‘sha qavmga azob berilgan joyga ko‘chirtirib olib borib qo‘yadi va qiyomat kuni ularning safida tiriltiriladi” degan hadislarini eshitganman” degan. Keyin surishtirib bilsa, o‘sha o‘lgan odam haqiqatda o‘sha ishni qilar ekan. Shuningdek siz aytgan amal to‘g‘risida ham qattiq va’id kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qo‘liga nikohlanuvchi kishi la’natlangandir” deganlar. Bu kabi la’natlanganlar ham qiyomat kuni la’natlanganlarning qatorida birga turishlari mumkin. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 08:34 | Савол-жавоблар | 165 | Ruhiy tarbiya