Tuya siydigi xalolmi

Assalomu alaykum Shayx xazratlari, mening bir yakin krindoshim kasal bulib koldi u kasalga tuyaning siydigini ichishlik tavsiya kilindi, shu mavzu kutarilganda tuyaning siydigi butkul xarom emas uni kasallikni oldini olish uchun goxida ichib tursa bulaveradi degan gap chikdi. savol: Tuyaning siydigi rostdan xam xalolmi? Javobingiz uchun oldindan Raxmat, Doimo sog va omon buling
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ulamolar go‘shti halol hayvonning siydigini davolanish uchun iste’mol qilish borasida ixtilof qilganlar. Imom Abu Hanifa, makruh, Abu Yusuf va Muhammad rahmatullohi alayhilar joiz deganlar.

27 Апрел 2022, 08:34 | Савол-жавоблар | 160 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar