Dam solish
Assalomu alaykum! 1). Shu saytda Islomda, o‘qib jin chiqarish yo‘q deb o‘qidim. Shuni tushuntirib bersangizlar. Dam solish turli xil suralarni o‘qib jin chiqarish mumkinmi?
2). Telefonimda suralarning eshitsam dam solingan xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jin tegishi Qur’on karimda aytilgan. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayoliga shu borada gapirgan hadisida, jinlar insonlarning ba’zi bir joylariga yopishib olishiga ishora qilganlar. Shularni ketkazish uchun dam solish bor. Ammo hozirgi kunda avomlar u yoqda tursin ba’zi bir arab alifbosidan savodi borlar ham ko‘proq esnab qo‘ysa ham yoki narsasi sotilmay qolsa ham, yomon tush ko‘rsa ham farzand ko‘rmasa, xulqi buzuqligi tufayli qiziga sovchi kelmasa ham, o‘g‘liga kelin topilmasa ham Alloh taologa yuzlanish o‘rniga folbinga chopadigan bo‘lib qolishgan. Keltirgan bahonalarini eshitsang, kulging keladi. Mabodo kechasi shamol bo‘lib eshigi yoniga tuproq to‘planib qolsa “menga sehr o‘qib tuproq sochishdi” deydi. 2). Tahorat qiling, bilgan suralaringizni o‘qib o‘zingizga dam soling. Bilmasangiz o‘qib, eshitib o‘rganing. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 08:56 | Савол-жавоблар | 163 | Dolzarb savollar