Turli duolar

Muhtaram ustoz! "Durudi muazzam ‘, " Lavxu buzruk ", Duoi "Ganjul arsh", "Muhri nubuvat","Durudi toj" duolarini o‘qib yursak bo‘aldimi? Uni qanday foydalari bor. Javobingiz uchun oldindan raxmat. Sog‘ bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ming marta aytdik, yozdik, ta’kidladik. Bu gaplarning hammasi safsata. Hadeb qayta-qayta so‘arash bilan ish bitmaydi. Asli yo‘q narsa asli yo‘qligicha qolaveradi. Siz ushbu sahifada izlab qo‘ring-a, necha marta bu gap takrorlanganini bilasiz. Bu kabi gaplarga ishonmaslik kerak.Qur’oni Karim va hadisdagi duolarni o‘rganish va qilish kerak. Hadis va Hayot silsilasining “duo kitobi” bor. Imom Navaviyning “Azkor” degan kitobi bor. Anashu kitoblardagi duolarni o‘qinglar.

20 Апрел 2022, 20:13 | Савол-жавоблар | 201 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar