Uylanish uchun duo
Assalomu alakum! Aziz ustozlar, yoshim 26 hali xam bo‘ydoqman, iltimos haqqimga duo qilsangizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasiyat qilganlaridek soliha, iymonli qizni Alloh nasib etsin va men, manga o‘xshash bo‘ydoqlarga dinimiz, shariatimiz va hadislardan keltirib, ko‘rsatma va maslahatlar bersangizlar. Zero umryo‘ldosh tanlashda adashmaylik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ulamolarimiz barcha hujjat va dalillarni o‘rganib chiqib hamda boshqa omillarni hisobga olib, munosib kelin tanlashda quyidagi narsalarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlaganlar:
1. Dindorlik.
2. Serfarzandlik. Bu sifat qarindosh-urug‘ ayollarga qarab bilinadi.
3. Avval turmush qurmagan bo‘lishi.
4. Dindor va qanoatli oiladan bo‘lishi.
5. Nasabi yaxshi bo‘lishi.
6. Husnli bo‘lishi. Shunda erning ko‘ngli to‘q bo‘ladi, muhabbat qo‘yadi, boshqalarga qaramaydi.
7. Qarindoshlardan bo‘lmasligi. Qarindoshga uylansa, bolalari zaifhol bo‘lish ehtimoli kuchli. Yana, Alloh ko‘rsatmasin, kelishmovchilik bo‘lib qolsa, qarindoshlik aloqalariga zarar etishi ham mumkin. Begonadan bo‘lsa, bolalar zaifhol bo‘lmaydi. Kuyov-kelinning bahonasi bilan ularning qarindosh-urug‘lari ham quda-anda bo‘ladilar, ijtimoiy aloqalar rivojlanadi.
8. Bir xotindan ziyoda qilmaslik. Chunki ko‘pxotinlilikning mashmashasi ham ko‘p bo‘ladi, shartlarini bajo qilish ham oson emas.(“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohi a’lam.
27 Апрел 2022, 09:07 | Савол-жавоблар | 191 | Turli savollar