Ota-ona farzandlar orasini bir xil ko‘rish

Assalomu alaykum! Shu kanalni ochib insonlarni bilmagan savollariga javob beraetganinglarga oldindan rahmat. Ota onani farzandlarini, nevaralarini bir xil teng ko‘rishlari xaqida aytib bersangizlar. Sababi xozirgi vaqtda ota ona qaysidir farzandiga ko‘proq axamiyat berib, boshqa farzandlarini xafa qilib qo‘ymoqda. Shu bilan farzandlar o‘rtasida nizo chiqmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن الحسن قال: بينما رسول الله صلى الله عليه وسلم يحدِّث أصحابه إذ جاء صبيٌّ حتى انتهى إلى أبيه، في ناحية القوم، فمسح رأسه وأقعده على فخذه اليمنى، قال: فلبث قليلًا، فجاءت ابنة له حتى انتهَت إليه، فمسح رأسها وأقعدها في الأرض، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: فهلَّا على فخذك الأخرى، فحملها على فخذه الأخرى، فقال صلى الله عليه وسلم: الآن عَدلتَ Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashoblari bilan so‘zlashib o‘tirganlarida bir bolacha qavmining chekkasidagi otasining oldiga keldi. Otasi uni boshini siladi va o‘ng tizzasiga o‘tqazdi. Biroz o‘tgach uning qizi ham keldi. Uni ham boshini siladi va erga o‘tqazdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Boshqa soninga o‘tqazganingda edi” dedilar. U sahobiy qizchasini boshqa soniga o‘tqazdi.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Endi adolat qilding” dedilar. عن إبراهيم قال: كانوا يستحبُّون أن يعدل الرجل بين ولده حتى في القبل مصنف ابن أبي شيبة Ibrohimdan rivoyat qilinadi: “Sahoba va tobe’inlar Kishi farzandlari orasida adolat qilishni juda yaxshi ko‘rishar, hatto ularni o‘pib erkalashda ham adolat qilir edilar”. Musannaf ibni Abi Shayba. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 10:35 | Савол-жавоблар | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar