Zinokor ayolga uylanish

Assalamu alaykum! Menda o‘ta muhim savol tug‘ilib qoldi. Bir tanishim iymonga kelib, Alloh hidoyat qilib, islomga amal qila boshlagandi. Uylangan. Keyin yana bir ayolni ikkinchi xotinlikka nikohiga olgandi. U ayol bu yigitgacha ancha kishilar bilan zinoda yurib, keyin bunga tekkan ekan. U ayol o‘tmishidan yigit qisman xabari bor holda uylangan, ya’ni zinoga qaytmaslik shartini qo‘yib. Ayol rozi bo‘lgan. 2 yillik turmushlari mobaynida yigit u ayolning oldingi jazmanlari bilan muloqotda ekanligini bilib, koyib, kechirib yashagan. Aytishicha yana zino qilganini ko‘zi bilan ko‘rmaganu, lekin telefondagi muloqotlaridan qattiq shubhaga tushgan va sabri tugab, jahl bilan 1 taloq aytibdi. Agar u 2 chi va 3 chi taloqni berib ajrashsa, mut’a nikohi qilganga o‘tib qolmaydimi? Chunki u umrbod nikohni niyat qilgan ekan. Shariatda shunaqa ayollarni nikohga olish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir taloq qo‘yish va ayolning iddasi chiqishi, boshqa erga tegishiga kifoya qiladi. Uch taloq qo‘yish shart emas. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 10:57 | Савол-жавоблар | 211 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar