Avrat ochiq holatdagi taxorat

Assalomu alaykum! Ushbu savollarimga qidirish xizmatidan tuliq javob topa olmadim.
1). Agar taxorat payti inson egnidagi libos avratlarni to‘liq yopib turmasa, taxorat mukammal bo‘ladimi? Masalan, man do‘stlarim bilan yoz faslida tog‘dagi dachaga dam olgani chiqamiz. U erda ayrim paytda hovuzda cho‘milib bo‘lgandan keyin, tizzadan yuqori turadigan kalta shortik kiyaman. Tepamda esa engi yo‘q futbolka bo‘ladi. Mana shu holatda taxorat olib, keyin avratlarni yopadigan kiyim kiyib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bir xil payt faqat shortik bo‘lib egnimda futbolka bo‘lmasachi? Shunday holatda ham taxorat qilsa bo‘ladimi?
Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday holatda tahorat qilish joiz, lekin tizzadan yuqori ishton kiyib yon atrofdagilarga avratini ko‘rsatish harom ish. Shuningdek o‘zgalarning o‘sha avratlariga qarash ham harom ish. Bundan saqlanish kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 11:09 | Савол-жавоблар | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar