Kitobdan savol Niso surasi 28-oyat

Assalomu alaykum! Ochiq xat kitobining «Oliy misol va voqelik» maqolasining yakunini tushuntirib bersangizlar. Kitobdan iqtibos keltiraman: «Shuning uchun ham odamlarni dinga chaqirishda ushbu omillarni e’tiborga olish, voqelikka nazar solish va shariat ta’limotlariga amal qilish imkoniyatlarini yaxshilab o‘ylash va hisobga olish lozim bo‘ladi».
Kitob tushunarli yozilganiga qaramasdan maqolaning yakunini o‘zimning fahmim bilan tushunishdan ko‘ra, ahli ilmning fahmini afzal ko‘rdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahorat va namozni bilmaydigan, zimmasiga haj farz bo‘lmagan kishini oldingizga o‘tqazib olib, tahorat va namozni o‘rgatmasdan hajni o‘rgatishingiz voqe’likka zid ish qilishingiz hisoblanadi. أَخْبَرَنِي حُمَيْدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ: أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ: بَعَثَنِي أَبُو بَكْرٍ فِي تِلْكَ الْحَجَّةِ فِي مُؤَذِّنِينَ يَوْمَ النَّحْرِ نُؤَذِّنُ بِمِنًى: أَلَا لَا يَحُجُّ بَعْدَ الْعَامِ مُشْرِكٌ، وَلَا يَطُوفَ بِالْبَيْتِ عُرْيَانٌ. قَالَ حُمَيْدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ: ثُمَّ أَرْدَفَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلِيًّا، فَأَمَرَهُ أَنْ يُؤَذِّنَ بِـ(بَرَاءَةٌ)، قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: فَأَذَّنَ مَعَنَا عَلِيٌّ فِي أَهْلِ مِنًى يَوْمَ النَّحْرِ لَا يَحُجُّ بَعْدَ الْعَامِ مُشْرِكٌ، وَلَا يَطُوفُ بِالْبَيْتِ عُرْيَانٌ Humayd ibn Abdurrahmon ibn Avf xabar qiladi: «Abu Hurayra dedi: «Abu Bakr o‘sha hajda meni Minoda «Ogoh bo‘ling! Bu yildan keyin mushrik haj qilmaydi va Baytni yalang‘och kishi tavof qilmaydi!» deb jar solishimiz uchun qurbonlik kuni jarchilarga qo‘shib jo‘natdi». Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Abu Bakrning) ortidan Aliyni yuborib, unga «Baroat»ni* e’lon qilishni buyurganlar. Abu Hurayra aytadi: «Aliy qurbonlik kuni biz bilan birga Mino ahli ichida «Bu yildan keyin mushrik haj qilmaydi va Baytni yalang‘och kishi tavof qilmaydi», deb jar soldi». * «Baroat» so‘zi ora ochiqlik, shartnomani bekor qilish ma’nosini anglatadi. Bu erda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan mushriklar o‘rtasida tuzilgan ahdning bekor qilinishi hakida nozil bo‘lgan Tavba surasining avvalgi oyatlari nazarda tutilgan. Hazrati Aliy Nabiy alayhissalomning ko‘rsatmalariga binoan ushbu oyatlarni o‘qib e’lon qilganlar. Tavba surasining yana bir nomi ham Baroatdir. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Ushbu hadisning sharhida fuqaholarimiz : “Alloh taolo farz qilgan amallarni bajarishga eng haris bo‘lgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Shunday bo‘lsada bir rivoyat haj hijriy 7-yili, yana bir riaoyatda 9-yili farz qilingan deyilgan. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u yillarda haj qilmaganlar. Sababi, Makka ahli haj mavsumini o‘zlarining bozor mavsumigi to‘g‘rilab olishar edi. Ba’zida haj oyi kirmasdan turib haj qilishar, ba’zida esa haj oyi chiqib ketgandan keyin qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 9-yilda o‘zlari haj qilmay Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni haj boshi qilib jo‘natganlar. O‘sha yili ham haj oyi kirmasidan 10 kun oldin haj qilingan. 10-yildi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari haj oyining o‘zida borib haj qilganlar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qilgan avvalgi hajlarini qayta qilishga buyurmaganlar. Chunki u yilda hajni o‘z vaqtida qilish aslo imkoni bo‘lgan emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haj vaqti kirgani yo‘q, hamma haj qilib bo‘lsa ham keyin haj qilasizlar degan gapni aytmadilar. Chunki butun dunyo xalqini 10 oldin qilayotgan hajini 10 kun keyinga surishning imkoni yo‘q edi. Qolaversa johilyatdagi haj amallarini o‘nglashni imkoni ham yo‘q edi. Bu holatni “mutazzirul isloh” ya’ni isloh qilishni hech qanday imkoniyati yo‘q bo‘lgan holat – deyiladi” deganlar. Hazrati Usmon roziyallohu anhu shahid qilinganlarida Ali roziyallohu anhu musulmonlarning amiri bo‘lganlar. Shunda Muoviya roziyallohu anhu va bir necha kishilar hazrati Usmon roziyallohu anhuning qatl qilganlardan qasos olishlarini talab qilganlar. Ali roziyallohu anhu bunday qilishning hozir hech qanday imkoniyati yo‘q, chunki ular katta kuchga egalar, qasos olish musulmonlarning parchalanib ketishiga sabab bo‘ladi, bir birini qoini to‘kishga sabab bo‘ladi – deganlarida, Muoviya roziyallohu anhu ijtihod qilib, u zotga qarshi chiqdilar. Holat Ali roziyallohu anhu aytganlaridek bo‘lib chiqdi. O‘rtada musulmonlarning qoni to‘kilishiga sabab bo‘ldi. Bundan eng katta foyda ko‘rgan fitnachilar bo‘ldi xolos. Shu holatda ham Ali roziyallohu anhu “mutazzirul isloh” qoidasini ko‘zlagan edilar. Ustozimiz rahimahulloh ham “mutazzirul isloh” holatida voqe’likni to‘g‘ri baholay olmaslik turli fitnalarga sabab bo‘ladi. Bundan saqlanish kerak – degan narsani nazarda tutganlar. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:03 | Савол-жавоблар | 153 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar