Kitoblarning narxlari

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Tafsiri Hilol kitoblari nashr etilmayotganligi sababli savdo rastalarida qimmat narxda sotilmoqda. Bugun bu kitobni 850.000 so‘mga ko‘rdim. Oxirgi narxini 800 ming so‘m deyapti. Savolim shuki, Tafsiri Hilol yana qayta nashrdan chiqilishi rejalashtirilmoqdami? Bu kitobni o‘qish ilinjida bo‘lganlar, lekin qimmat bo‘lganligi tufayli sotib ololmayotganlar etarli nazarimda. “Hadis va hayot, “Kifoya” kitoblari ham qayta nashr qilinsa juda xursand bo‘lar edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Tafsiri Hilol” kitobi yaqinda 5000 nusxada nashrdan chiqdi va ko‘proq o‘quvchilarga etkazish maqsadida bir kishiga bir donadan sotildi. Endi keyingi qayta nashr uchun tayyorgarlik qilinmoqda. “Kifoya” kitobi ham qayta chop etilmoqda va barcha juzlari bilan ikki oylarda sotuvda chiqadi. “Hadis va hayot” kitoblari ham chop qilinishi boshlangan. Duo qilib turinglar, kelasi oydan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:03 | Савол-жавоблар | 170 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar