Vafot etgan inson yana tug‘ilishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan savolimga sizlardan javob olishni istardim. Onam vafotidan keyin hayotim ostin-ustun bo‘lib ketdi. Buning azobini, sog‘inganda topa olmasdan devonalarday kuyinishni onasini yo‘qotganlar tushunadi. Shunchalar Allohdan so‘radim onamning umri uzoq bo‘lishini, lekin bizning emas Allohning xoxishi bo‘larkan. Lekin baribir umidimni uzmadim. Allohdan uning qudrati bilan onamni yana qaytarib berishini yig‘lab so‘rayverdim. 9 oydan so‘ng qiz farzand berdi. Undan onamning xidi keladi. Yaqinlarim mana onang qaytib keldi deyishadi. Rostdan ham onam qaytib keldimi yoki ovunchoq bo‘lsin deb qiz ato etdimi deb o‘ylayman. Savolim:1) inson shu tarzda qayta tug‘ilishi mumkinmi? 2) Onam bilan yana  birga bo‘la olamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qayta tug‘ilish e’tiqodi shar’iy istilohda tanosux deyiladi. Bunday deb e’tiqod qilish shariatimizda kufr hisoblanadi. Chunki bu narsa shariatimizdagi juda ko‘p narsalarni inkor qiladi. Vallohu a’lam! Quyidagi lindagi ma’lumotlarni ham o‘qing. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19780.0 https://savollar.islom.uz/savol/40616

27 Апрел 2022, 12:14 | Савол-жавоблар | 183 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar