Qo‘y so‘yib kambag‘allarga tarqatish
Holat: anchadan beri oilamizda kichik mushkulalar, ko‘ngilsizliklar kelyapti va kundan kunga kuchaymoqda. Oilamizdan baraka ketgan (Adam uyda aroq ichishga odatlanganlar). Shu sabab men, bir qo‘y so‘yib qurbonlik qilib muhtoj odamlarga tarqatsak deb niyyat qilgan edim. Lekin adam so‘yilgan qo‘yni odatlariga muvofiq avval o‘ziga to‘q bo‘lgan yaqin qarimdoshlarimizga va bir ikki bechoralarga tarqatishlaridan cho‘chib shu masalada bir tanishim bilan maslahat qilgan edim. Bu tanishim bu ishingdan ko‘ra nafliroq yo‘l bor, yani shu niyyat qilgan pulingni bo‘lib bo‘lib muhtoj insonlarga tarqatgin deb maslahat berdilar. Savol: Man qo‘y so‘yib ehson qilingan uyga Alloh baraka yog‘diradi deb o‘ylardim! Shu vaziyatda qaysi yo‘lni tanlay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo otangiz aroq ichishni tashlab, barchangiz ibodatga o‘tishingiz kerak. Alloh taolodan ixlos bilan duo qilaroq hojatlaringizni ravo qilishini so‘rashingiz lozim. Qo‘y so‘yishni atagan eknsiz. Boshqa joyda so‘yib hammasini o‘ta kambag‘al odamlarga tarqating.
26 Май 2022, 23:40 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar