Muzli do‘zax haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, muzli do‘zax haqida xadislar bormi? Bunday do‘zax to‘g‘risida oz ma’lumotga egaman. Kitoblardan topa olmadim. Iltimos shu xaqida yozib yuborsangizlar. Alloh rozi bo‘lsin. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Naba’” surasida marhamat qiladi: لَّا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا۝ إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا۝ 24. Ular unda sovuq ham, ichimlik ham tatiy olmaslar. 25. Faqat qaynoq suv va yiringni (tatirlar) Ushbu oyatda “G‘ossaqo”ni ibn Abbos roziyallohu anhu “O‘ta qattiq sovuqlik bo‘lib, o‘sha sovuqligi bilan do‘zax ahlini kuydiradi” deb tafsir qilganlar. Hozirgi kunda Sovuq payvandlash(“Xolodnaya svarka”) bunga yorqin misol. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:15 | Савол-жавоблар | 159 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar