Ayollarimiz erlariga xiyonat kilmasliklari uchun
Assalomu alaykum muxtaram Ustoz! Din yulida kilayotgan xizmatlaringizni ALLOX(j/j)ajrini ziyoda etib, ikki dunyoda yaxshilik bilan mukofotlasin.Ustoz sizdan oldindan kattik uzr surab, bir dolzarb masalada savol yullamokdaman. Ustoz bunday savolni berishimning sababi, kup vaktlarda birodarlarimiz bilan suxbatda bulganimizda, aynan shu mavzuda shikoyatlar kup bulib turadi, ya’ni "ayollarning uz eriga xiyonati" masalasi. Ustoz xech kimga sir emaski xozirda kupchilik uzimizda ish yukligidan chet davlatlarga 1 yil, 2yil, 3 yilga uz oilasidan uzoklashib, ishlashga kelishmokda, ayniksa yangi uylangan yigitlarimiz yosh kelinchagini xech bulmasa bir farzand kurgandan keyin farzandi bilan koldirib ishga chikmasdan, uylanganiga 2oy, 5oy tulgandan keyin yolgiz tashlab uzok muddadga ishlashga chikib ketayapdi. Ana endi ALLOXni tanib, ALLOXga itoatda bulganlari sabr kilishadi, ammo ALLOXni xakikiy tanimaganlari esa shaytonning makriga ilinib, ALLOXga xakikiy kullik kilish urniga, uz nafsiga kul bulib, uz erlariga xiyonat kilib kuyayotganlarning soni ortib bormokda, albatta bu juda achinarli xolat. Ustoz savolim shuki shunday vaziyatda, ya’ni zino kilishi anik bulib kolgan vaziyatlarda, "ikki gunox bir kelganda ogiridan engili tanlanadi" xukmiga kura, ayollarimiz zino kilib kuymaslik maksadida, uta nochor xollardagina albatta bu ish xam xarom bulsada, "yasama zakardan" foydalanishsa buladimi? Albatta maksad zino kupayib, jamiyatning buzilib ketmasligi uchun va bu savol sabrli ayollarimizga tegishli emas, bilaks nafsiga kul bulgan xayosizlar uchundir. Ustoz albatta bu savolim judayam nourin, buning uchun sizdan kattik uzr surayman, ammo zino kupayib, jamiyatimiz buzilgandan kura biroz engilrok bularmikan degan maksadda bu savolni yulladim. Ustoz ALLOXdan shu gofil xalkimizning xakkiga xam duo kilib surang, zora gunox-masiyatlardan kochib, ALLOXga yuzlanishsa. Xidoyat ALLOXdan. Ustoz kimmatli vaktingizni olganim uchun rozi buling va ilmsizlik kilib, yozgan savollarimizdan xafa bulmang. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) sizdan va jumlamizdan rozi bulib, oliy mukofot bulgan "uzining jamoliga" musharraf bulishimizni nasib etsin, Amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri mulohaza.
27 Апрел 2022, 12:15 | Савол-жавоблар | 170 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri mulohaza.
27 Апрел 2022, 12:15 | Савол-жавоблар | 170 | Oila va turmush