Idda

Assalomu alaykum! Men ma’lum sabablarga  ko‘ra ayolimni javobini bergan edim. U hozir biznikida idda o‘tiribdi. Biz rasmiy nikohimizni (ZAGSimizni) kestirmoqchimiz. ZAGS idorasidagilardan surishtirsak ular ariza yozishimizni va bizga uch oy muxlat berishlarini va shu muddat o‘tgandan keyin ZAGSimizni kesishlarini aytdi. 1). Shu arizani yozish uchun iddada o‘tirgan ayolim ZAGS idorasiga kelsa bo‘ladimi?
2). Yana u qarindoshlari bilan (ota-onasi, aka-ukasi) bilan telfon orqali gaplashsa va karindoshlari kelib xabar olsa  bo‘ladimi? Savollarni aloxida-aloxida bermaganim uchun uzr.  Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Vojibni tark qilishga arziydigan sabab hisoblanmaydi. Arizani yozib bersa oborib bersangiz bo‘ladi. Agar o‘zining bevosita borishi shart bo‘lib qolsa, birga olib borib kelinadi. 2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:36 | Савол-жавоблар | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar