Uzoq muddat jinsiy aloqada bo‘lmaslik

Assalomu alaykum! Agar turmush o‘rtog‘im jinsiy aloqa qilishga qodir bo‘lmasa ya’ni u bola ko‘rolmasa, ilojsizlikdan uni ruxsati bilan boshqa odam bilan bolali bo‘lish uchun jinsiy aloqada bo‘lishi mumkinmi? Yoki bunday odam bilan turmush qurib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda ajrashib boshqa turmush qurish kerak. Ruxsati bilan boshqa odam bilan qilingan yaqinlik zino bo‘ladi, harom bo‘ladi va bola tug‘ilsa valadizino bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 13:08 | Савол-жавоблар | 170 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar