Rak kasalligi bilan o‘lgan inson shahidmi?

Assalomu alaykum! Rak kasalligi bilan  o‘lgan inson shahid hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rak kasali quyidagi zikr qilanidiganlar ichida bemorligi eng qattiq bo‘lib vafot topgan hisoblanadi. Agar taqdirga iymon keltirib, bemorligining savobidan umid qilsa, albatta siz aytgan kishilar safidan bo‘ladi. In shaa Alloh. Shahidlarning ikkinchi qismiga kiruvi kishilarni bir hadis va bir joyda zikr qilingan emas. Balki bir necha hadislarda alohida-alohida zikr qilingan. Muhaqqiq ulamolar o‘sha hadislarini bir risolaga ham jamlaganlar. Ibn Obidin rahmatullohi alayh o‘zlarining “Roddul Muxtor” kitoblarida hadislarning xulosasini zikr qilib o‘tganlar. Biz ham qo‘yida keltirib o‘tamiz: 1-Begunoh o‘ldirilib, shahidlarning birinchi qismida zikr qilingan shartlardan ba’zilari topilmay qolgan kishi. 2-Qaroqchiga hamla qilib xatodan o‘ziga tegib vafot etgan kishi. 3-Muslulmon mamlakatning chegarasida qo‘riqchilik qilib o‘z ajali bilan (tabiiy) vafot etgan kishi. 4-Sidqi dildan Allohning yo‘lida vafot qilishni niyat qilib, uni duosini qilib tabiiy vafot topgan kishi. 5-O‘zi va oilasini zolimlardan himoya qilib, qatl qilingan kishi. 6-Molini zolimlardan himoya qilib, qatl qilingan kishi. 7-Nohaqdan qamalib vafot etgan kishi. 8-Zulmdan qochib qochuvda vafot etgan kishi. 9-Vabodan vafot etgan. Bular qatoriga vabo vaqtida xastalanmay vafot etgan kishi. Vabo tarqagan qishloq yoki shahardan qochib ketmay, savob umidada sabr qilib qolgan bo‘lishlari sharti ila. 10-Qorin og‘rig‘i (ich ketish va ) kasalligi tufayli vafot etgan kishilar. 11-Zotiljam (pnevmoniya) kasalligidan vafot etgan kishi. 12-Sil kasalligidan vafot etgan kishi. 13-Biror ulovdan yiqib halok bo‘lgan kishi. 14-Istmadan halok bo‘lgan kishi. 15-Kemada qayt qilib vafot etgan kishi. 16-Bemorligi vaqtida qirq marta “La ilaaha illa Anta subhanaaka inii kuntu minaz zolimiin”ni aytib o‘sha bemorligida vafot etgan kishi. 17-Parkinson kasalligidan vafot etgan kishi. 18-Zaharli jonzod chaqib vafot etgan kishi. 19-Yirtqich nimtalab vafot etgan kishi. 20-Ko‘yib vafot etgan kishi. 21-Cho‘qib vafot etgan kishi. 22-Biror narsaning ostida bosilib vafot etgan kishi. 23-Homilador holatida vafot etgan ayol. 24-Tug‘ayoti yoki tug‘ib bo‘lib nifos davrida vafot etgan ayol. 25-Boqira holatida vafot etgan kishi. 26-Erining boshqa ayolga uylagani sababli g‘am chekib, unga sabr qilib vafot etgan ayol. 27-Iffatli oshiq. Ishqini berkitib g‘amida vafot etgan kishi. 28-G‘urbatda vafot etgan kishi. 29-Din ilmini tolibi. Bunga diniy olim, dars beruvchi, kitob yozuvchi. 30-Evazsiz (maoshsiz) faqat savob umidida azon aytuvchi muazzin. 31-Ahli ayolining nonu nafaqasidan xabardor, va ularning diniy tarbiyasini ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib ularga haloldan edirguvchi kishi. 32-Sodiq, diyonatdor savdogar. 33-Musulmonlar yurtiga taom etgazib beruvchi tojir. 34-Hayotini murosa qilish bilan o‘tgazgan kishi, ya’ni yomon kishilar bilan ham murosa qilgan kishi. 35-Ummat fasodga duchor bo‘lganda sunnatni mahkam tutuvchi kishi. 36-Kechasi tahorat bilan uxlab o‘sha holatda vafot etuvchi kishi. 37-Juma kuni 38-Har kuni qirq marta “Allohumma baarik lii fil mavti va fiima ba’dal mavti” duosini o‘qib vafot etgan kishi. 39-Zuho namozini (doimo) o‘qigan, har oy uch kun ro‘za tutib, safarda ham vitrni tark qilmaydigan kishi. 40-Har kecha “Yasin” surasini o‘qigan kishi. 41-Har kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuz marta salavot aytgan kishi. Shu ergacha shahidning ikki qismini bayon qilindi. Birinchi qism shahidlar dunyo e’tibori bilan ham, shahid hisoblanadilar va oxirat savobi e’tibori bilan ham, shahid hisoblanadilar. Shuning uchun ularni dunyo va oxirat shahidi deyiladi. Ikkinchi qism shahidlar oxiratning savobi e’tibori ila shahid hisoblanganlari uchun ularni oxirat shahidi deyiladi. Yuqorida din ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib vafot etganlar shahid sanaladi deyildi. Agar ular bu bilan Allohning roziligini talab qilmay mol-dunyo, shuhrat talabida jang qilib vafot etsalar, dunyoning e’tibori bilan ularga g‘usl va kafanlari shahidlarniki kabi bo‘lsa ham, oxirat savobi va darajalaridan mahrum bo‘ladilar. Ularni dunyo shahidlari deyiladi. Shunday qilib shahid uch qismga bo‘linadi: 1- Dunyo va oxirat shahidi, 2- Oxirat shahidi, 3- Dunyo shahidi. Birinchi va uchinchi shahidlarni g‘usl qildirib, kafanlanmaydi. Ikkinchi shahidni g‘usl qildirib, kafanlanadi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 14:03 | Савол-жавоблар | 186 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar