Shu nikoh joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari. El yurtimiz uchun qilayotgan ishlaringizga Alloh baraka bersin! Bizga o‘xshagan minglab odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi savobli ishlaringizda Alloh madodkor bo‘lsin. Meni qiynayotgan savol shundayki, onamlar haqiqiy otamdan keyin 23 yildan keyin, onamni asrab olgan ota onasining ya’ni otasining ukasiga turmushga chiqdilar. Bu nikoh ham harom qilinganmi onamni asrab olishgan otasi bilan qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan va buvimlar onamlarni emizmaganlar. O‘zimizdagi domla ularni nikohini shar’an joiz degan ekanlar. Meni tog‘amlar onang zinokor deb qarindoshlik aloqalarini batamom uzib qo‘yganlar. Iltimos, bu nikoh joiz yoki joiz emasligini aytsangizlar. Men yoki onamlarga yoki tog‘amlarga tushintirishga harakat qilaman. Allohning O‘zi barchamizni kattayu kichik gunohlarimizni kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikoh joiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 14:46 | Савол-жавоблар | 160 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikoh joiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 14:46 | Савол-жавоблар | 160 | Oila va turmush