Xudoyi xakida

Xazrat,bu savolni berishimga kechagi maxallamizda bulib utgan yigin-maslaxat sabab buldi.Maxallamiz faollari xama xonadondan kamida bir kilo gusht pulini yigib,»xudoyi» kilishlarini aytishti.Maksad va niyatlari yaxshi,xudodan baxorni yaxshi,serxosil kelishini surab,bir kuy suyib osh berisharkan. Endi,maxallamizda jome’ masjid bor,kavmi turtta maxaladan iborat,ya’ne eng yakin maxallalar soni turtta.Xamma maxallalar xam shunday tarzda «xudoyi» kilishadi.Xozirgi kunda masjidimiz juda xam moliyaviy muxtoj,yukori tashkilotlar,IIB tomonidan xar bir korxonalar «xavfsizlik kuzatuv kamera»larini urnatish majburligini aytishgan.Masjidlarga xam kuyilmokda.Uni narxi 2 milion sum atrofida ekan.Utgan uch jum’a namozida imom domla shu kameralar uchun shuncha pul kerak,yordamlaringizga muxtojmiz,iltimos deb kayta-kayta aytdilar,shuniyam ta’kidladilar ki,oldingi jum’a exsonni sanab kurishganida,asosan 200sumlik pul tushgani va jami 300ming summ atrofida ekanliginiyam aytib utib,shuning uchun xej bulmaganda bita tushlikning kimmatida exson kilishlarini suradilar,xatto yalindilar,afsuski…. Endi shu masala turganida,maxalla fa’ollari,ichlarida mulla,fikxiy ilmga ega kishilar xam bor,»xudoyi» kilishlari kanday bularkin!Man shaxsan bittalariga aytdim,mullaka shu «xudoyi»ni albatta kuy suyib,osh damlab eyish shartmi?Undan kura masjidimizga bersak,kamchiligini kilishsa yaxshi emasmi desam,u kishi,yuk uka,»xudoyi» deganda bita kuyni suyib,kon chikarib,xammaga taom ulashib bersa yaxshi dedilar yana bundan maksad eson-omon kishdan chikganimiz va baxorni yaxshi kilishini Olloxdan surab duo kilish dedilar. Man bu gapni xej kabul kila olmayapman,Olloxning Bayti muxtoj paytda ular kuy suyib osh eyishlari mening nazarimda notugri bulsa kerak,bilmadim,balkim men xato ulayotgandir man.Xar ikklasiniyam kilishga xama kunmaydilar,xadeb yigaverisharkan deb.Shu turt maxalla agar shu «xudoyi»ni kilmay,yiggan exsonni masjidga berishsa,yoki yarmini berishsayam ancha ishlar bitar edi.ikkinchi kavatni kutarganmiz,unga palos joynamozlar va xokazo kamchiliklar oshib yotibti.Xe masjidda kamchiligi bulmagandayam,exsonni shu erga bersa avlorok emasmikin!Yanada masjidni guzalrok,sharoitini yaxshirok kilish mumkinku!Afsus… Xazrat,shuni kaysi birini kilgan ma’kulrok? Kays birini kilganda Olloxning roziligini,savobini,ajrini kuprok olinadi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ehson niyatida beravering, Alloh taolo qabul qilsin.

27 Апрел 2022, 14:46 | Савол-жавоблар | 163 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar