Nikoh va zino
Assalomu alaykum! Savolim qo‘pol bo‘lsa aybga buyurmaysizlar. Agar erkak kishining yoshi (jinsiy maylidan kelib chiqib) uylanadiganga etsa, lekin ota ona bu haqida o‘ylamasa va oxiri zino qilsa, bunda ota-ona xam javobgarmi? Bunday xollar ko‘payib ketyapti. Otalar o‘g‘illarini tushinishmasa, onalar tushinarmidi? Ro‘za tutish bilan xam chalg‘ish qiyin bo‘lyapti. Ko‘chaga chiqsang minglab ayollar, biroz harakat bilan bittasi topilyapti.
2. Ajralgan ayollarga, ayniksa, avvaldan taniganlarga foxisha bo‘lib ketishini oldini olish xam o‘zi zinodan saqlanish uchun 1 yoki 2-xotin sifatida uylansa bo‘ladimi? Chunki ko‘pchilik ajrimdan keyin zino qilib yoki foxishalik yo‘li bilan nafsini qondiryapti. Bunda nechta guvox etarli? Ya’ni ota-ona va hamma bilishi shartmi? Bu savollarga sabab eridan ajragan ayollar bilan zino qilib yurganlar ko‘p. Buning o‘rniga mumkin bo‘lsa, shularga(taniganlarimga) nikoxlab olishni maslaxat bergan bo‘lardim. Iltimos savolni kanalda chiqarsangizlar, balkim zino va faxsh kamayishiga sabab bo‘lar! Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Farzandning zino qilishiga sabab bo‘lgan ota-onasi ham gunohkor bo‘ladi. Shuning uchun balog‘at yoshiga etgan farzandlarni nikohlanishga yordam berish va tashkil etish ota-onalarning shar’iy emas vijdoniy burchlaridir. 2). Inson zinodan saqlanishi va zinoga olib borishi mumkin bo‘lgan ishlardan uzoq bo‘lishi dinimizning ta’limotidir. Agar erkak yoki ayol zinodan qo‘rqsa, tezda nikohlanishi lozim va shariat asosida amal qilishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun dinimiz jam’iyat tinchligi va pokligi uchun hamda nasllarni muhofaza qilish maqsadida nikohga targ‘ib qilgan. Siz aytib o‘tgan noxushliklarni oldini olishning yagona va halol yo‘li bu sharhiy asosdagi nikohdir. Vaziyat va sharoitdan kelib chiqib nikohlanib olish shart va lozimdir. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 06:58 | Савол-жавоблар | 183 | Oila va turmush