BID’AT VA XUROFOTLAR XAKIDA
Olamlar Robbi Alloh taologa beadad hamdlar, Uning bandasi va rasuli Muhammadga salomu-salovotlar bo‘lsin! U zotning sahobalaridan Alloh rozi bo‘lsin! Assalomu alaykum Shayx hazratlari, muhtaram ustoz!Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim, meni tavba va O‘ziga ibodat qilish ne’mati bilan ne’matlantirdi. O‘tmishdagi holimni hozirgi holatimga solishtirsam, ancha o‘zgarganman. Ilm va ibodat masalalarida ancha bilimlarim oshib bormoqda Allohga shukr. Bunda siz aziz ustozimning o‘rningiz bo‘lakcha. Sizning fatvolaringiz bu yo‘lda mash’ala misol nur sochib turadi. Kitoblaringiz qalbim qo‘rida. Allohning fazlu karami va sizning sharofatingiz bilan xonadonimizdagi aqidalar ham o‘zgargan ijobiy tomonga. Turli xil bid’at va xurofotlarni Alloh qodir qilgunicha, ilmim boricha uyimizdan daf qilmoqdaman Allohning nusrati ila. Hali oldinda qiladigan ishlarim juda ko‘p va men bu mas’uliyatni qalbdan his qilmoqdaman.1. Ustoz xonadonimizdagi ahli ayollarni folbin, sehrgar, qasidaxon hamda jinxonlarga borishdek kufr va bid’atga olib boradigan yaramas amallardan Allohning nusrati ila qaytardim. Hozirda ular folbinlarga, turli xil ayollarning “Bibi seshanba”, “Mushkil kushod” kabi dinda yo‘q marosimlariga bormaydigan bo‘lishgan. Lekin uyimizda bitta dinimiz ta’qiqlagan amal ya’ni ko‘z tekkanda “KINNA” qilish odati yo‘qolmayapti. Buni ko‘p tushuntirdim, lekin foydasi sezilarli emas.Sen “bu dinda yo‘q deysan, mana qara kinna qilgandan keyin yig‘layotgan bola ham tinchib qoladi” deb bu odatni tashlashmayapti. Men buni o‘rniga payg‘ambarimiz o‘rgatgan oyatlarni o‘qib, dam solishni yo‘lga qo‘yaylik, deb doim ta’kidlab kelaman.Ustoz bu masalada menga va ahli oilamdagilarga sizning nasihat va maslahatingiz juda zarur hozir. Ular sizni aytganlaringizga ishonib, bu odatlarini tark qilishlariga ishonaman. Shuning uchun kinna qilish va shunga o‘xshagan dinda yo‘q narsalarni qilishning asli, kelib chiqish sabablari va insonga zararlari haqida keng va batafsil tushuntirish berib o‘tsangiz. 2. Xalqimiz orasida “chaqaloq chillasi”, “uylangan ikki yoshning chillasi” kabi istilohlar va odatlar hali-hali davom etib kelmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 40 kun ichida boshqa kunlardagiga qaraganda boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Yangi kelin-kuyovlarni, ayniqsa kuyovlarni 40 kunlikda shomdan keyin ko‘chaga chiqmaslikka, hattoki poyabzalini ham tashqariga echmaslikka qattiq targ‘ib qilinadi. Yana mayyit qilinadigan marosimlarning mana shunday muddatlarga o‘xshagan marosimlari bor. “Yigirma”, “Qirq”, endi “Ellik ikki” degan marosim bid’at tariqasida yuzaga chiqib qoldi. Hozirda ko‘pchilik “bu shariatda yo‘q, bular bid’at va xurofot” deganlarga bu gapi uchun yo dalil so‘rashadi yoki bo‘lmasa ota-bobolarimiz shuni qilishgan, biz ham qilamiz, degan gapni aytishadi. “Zikr ahlidan so‘rang” risolasida bu savolga qisqacha javob berilgan ekan. Muhtaram ustoz bu kabi odatlarning bid’at ekanligi haqida batafsil yoritib bersangiz. Bu savollarga batafsil javobni “Zikr ahlidan so‘rang” risolasida ham chop ettirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shoyadki uyimdagilar, nafaqat ular balki barcha mo‘min birodarlarimiz ham bundan manfaatdor bo‘lsalar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Bu borada «Zikr ahlidan so‘rang” kitobchasining alohida soni chiqqan. Shuningdek, “Hadis va Hayot”ning “Tib va dam kitobi” degan alohida juzi bor. O‘shalarga murojaat qiling.- Chilla haqida diniy manbalarda hech qanday ko‘rsatma yo‘q.- Mayyitga qilinadigan marosimlar haqida esa, ko‘p gapirilgan. Ammo odamlarimiz kitob va boshqa matbuotlarni o‘qimasligi, turli ma’ruzalarni eshitmasligi, o‘qib eshtisa ham amal qilmasligi oqibatida bu boradagi bid’at va xutofotlar hali hanuz ba’zi joylarda davom etib kelmoqda. Odamlarimiz ichida bu borada dinimiz ta’limotlariga emas, mahallaning, ayollarning yana kimlarningdir ko‘rsatmalariga, quruq gaplari va safsatalariga amal qilayotganlari bor. Har bir odam o‘zidan o‘tgan azizlariga yaxshilik qilgisi keladi. Nima qilsa ularga yaxshilik bo‘lishini, savob etishini, og‘iri engil, gunohi mag‘firat bo‘lishini, oxiratdagi maqomi yaxshilanishini istaydi. Xo‘sh, bu narsalarni kim yaxshi bilishi mumkin. Alloh taolo va U zotning rasulimi yoki mahalla ko‘y va uyda o‘tirgan xotinlarmi? Hozirda bu sohada qilinayotgan ishlarni bularni qaerdan olingani haqida so‘ralsa, odamlar aytdi, ko‘pchilik qiladi-ku, ayollar shunday deyishdi kabi javoblar olinadi. Bu albatta to‘g‘ri emas. Dinimizda, shariatimizda nima deyilganini bilish va unga amal qilish kerak.Bu borada “Taxiysu sharhi aqiydatut tohaviyyaya” kitobida quyidagilar kelgan:O‘LGANLARGA DUO QILIShVA ULARGA SAVOB ATASh 93. Tiriklarning duo va sadaqalaridan o‘lganlarga manfaat bordir. Sharh: Ahli sunnat va jamoa o‘lganlar tiriklarning qilganidan ikki yo‘l bilan manfaat olishlariga, ittifoq qilganlar. Birinchisi: ¤lgan odam tirikligida qilgan amalidan (Ya’ni, bandaga u tiriklik chog‘ida oxirati uchun qilgan ishlari, o‘lgandan keyin o‘ziga manfaat etishiga sabab bo‘ladi). Ikkinchisi: Musulmonlarning uning haqiga qilgan duolari va aytgan istig‘forlari. Uning nomidan qilingan sadaqalari va hajlari. Badaniy ibodatning savobi o‘lganga etadimi, yo‘qmi?, degan masalada ixtilof bo‘lgan. Badaniy ibodat, ro‘za, namoz, Qur’on qiroati va zikrga o‘xshagan narsalardan iborat. 1. Abu Haniyfa, Ahmad ibn Hanbal va jumhur (ko‘pchilik) badaniy ibodat savobi o‘lganga etadi, deganlar. 2. Shofe’iy mazhabidan mashhur gap va Molik etmaydi, deydilar. ¤lganga o‘zidan boshqaning amalining savobi etishiga dalil, Qur’onda, Sunnatda, Ijmo’da va Qiyosda bordir: 1. Qur’ondan dalil: «Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan oldin iymon bilan o‘tgan birodorlarimizni mag‘firat qilgin», - derlar» (Hashr: 10) Alloh taolo ushbu oyatda o‘zlaridan oldin o‘tgan mo‘minlarga mag‘firat so‘raganlarni madh qilmoqda. Bu esa o‘lganlar-tiriklarning istig‘foridan manfaat olishiga dalolat qiladi. 2. Sunnatdan dalil: Imom Abu Dovudning «Sunan» kitobida Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan quyidagi hadis rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘lik dafn qilib bo‘lgandan keyin ustida turib: «Birodaringizga istig‘for aytinglar. Unga sobitlik so‘ranglar. Chunki, u hozir so‘roq qilinadi», - der edilar». Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan o‘lganlarga qabrlarini ziyorat qilgan vaqtda duo qilish haqida hadislar kelgan. Imom Muslimning «Sahih» kitoblarida kelgan hadis bunga misol: «Oisha roziyallohu anho Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Qabr ahllariga istig‘for aytsangiz nima deysiz?» deb so‘rdilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Assalomu alaykum, ey mo‘min va musulmonlar diyori ahli. Alloh bizdan va sizdan oldin o‘tganlarniyu, keyin qolganlarni rahim qilsin. Va albatta, biz ham sizlarga kelib qo‘shilamiz», deb javob berganlar. 3. Ijmo’dan dalil: Islom ummatining e’tiborli asosiy qismi jam bo‘lib, o‘lganga janoza namozidagi duoni dalil qilib, o‘lgan tiriklarning duosidan manfaat oladi, deganlar. Janoza namozidagi duolar ma’lum va mashhurdir. Ularni o‘z ahli bilandir. 4. Qiyosdan dalil: Badaniy ibodat bo‘lmish duo o‘lganga manfaat bergandan keyin ro‘za, namoz kabi boshqa badaniy iboratlar ham manfaat berishi turgan gap. Chunki, orada farq yo‘q. Buning ustiga boshqa badaniy ibodatlar ham manfaat berishi haqida hujjat va dalillar bor. SADAQANING SAVOBI ETIShIGA DALIL: 1. «Bir kishi Rasululoh sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Allohning Rasuli, onam to‘satdan vafot etdi. O‘ylaymanki, agar gapirsa sadaqa qilar edi. Uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajri-savob bo‘ladimi?» deb so‘raganda. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ha!»-deb javob berdilar. (Buxoriy va Muslim Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilganlar). 2. «Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Yo Allohning Rasuli, onam, mening yo‘qligimda vafot etdi. U kishining nomidan sadaqa qilsam u kishiga manfaat beradimi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. Shunda Sa’d roziyallohu anhu: «Sizni guvoh qilamanki, hosildor bog‘im u kishining nomidan sadaqa», dedi. (Buxoriy Ibn Abbosdan rivoyat qilgan). Ro‘zaning savobi etishiga dalil: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim vafot etsayu zimmasida ro‘za tutish bo‘lsa, uning nomidan valiysi ro‘za tutadi», -deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar). Hajning savobi etishiga dalil: Sahih Buxoriyda Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Juhayna qabiylasidan bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Onam haj qilishni nazr qilgan edi. Haj qilmasdan vafot etib qoldi. U kishining nomidan Haj qilsam bo‘ladimi?»-dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Uning nomidan haj qil. Aytchi, onagning qarzi bo‘lganida ado qilarmiding? Allohning qarzini ham ado qilinglar. Alloh vafo qilishga haqlidir»-dedilar. Shuningdek, musulmonlar, o‘lgan odamning qarzini boshqa birov, hatto begona odam ham, to‘lab qo‘ysa uning zimmasidangi qarz soqit bo‘lishiga ijmo’ qilishgan. Buning dalili - Abu Qatodaning hadisidir. Abu Qatoda roziyallohu anhu bir o‘likning ikki dinor qarzini o‘z bo‘yniga olgan. Keyin o‘sha ikki dinorni haqdorga berganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Endi (o‘lganning) terisi sovudi», - deganlar. (al-Hokim rivoyat qilgan). Xuddi ro‘za va hajning savobi etganidek, haq olmasdan, xolisona Qur’on qiroat qilib savobi o‘lganga bag‘ishlansa, uning savobi ham etadi. Agar: «Bu ish o‘tganlar ichida ma’lum bo‘lmagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham buni qilishga irshod qilmaganlarku!»-degan e’tiroz bo‘lsa, javob shulki: Agar, e’tiroz qiluvchi haj, ro‘za va duoning savobini etishini e’tirof qiladigan bo‘lsa, bular bilan Qur’on qiroati savobining etishi orasida nima farq bor? ¤tganlarning qilmagani savobni etmasligiga dalil emas, deyiladi. Agar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqaning nomidan ro‘za, namoz, haj va sadaqa ado qilishga irshod qilganlar. Qiroatga esa irshod qilmaganlar, degan e’tiroz bo‘lsa. Javobimiz quyidagicha: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sababsiz, avval boshdan irshod qilganlarida qiroatning savobi etmasligiga dalil bo‘lishi mumkin edi. Haqiqatda esa, undoq bo‘lmagan. Odamlar o‘lgan shaxs nomidan ro‘za tutish, haj qilish haqida so‘rab kelishganda izn berganlar. Bu esa, boshqa narsalar man qilingan, degani emas. (Agar biron kishi Qur’on qiroati haqida so‘raganida izn bergan bo‘lur edilar). Qiroat savobini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlashga kelsak. Mutaaxxir ulamolardan ba’zilari bu ishni mustahab, deganlar, ba’zilari, bid’at, deganlar. Chunki, sahobalar bundoq qilmaganlar va o‘zi shundoq ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga u kishining ummatlaridan har birining yaxshi amali savobi, qiroati Qur’onmi, boshqami etib turadi. Chunki, U zot ummatlarini yaxshi ishlarga dalolat va irshod qilganlar. O‘lgan odam Qur’on qiroatini eshitsa manfaat oladi, degan gap to‘g‘ri emas. Bu gapni mashhur imomlardan birortasi ham aytmaganlar. ¤lik qiroatni eshitishi mumkin. Ammo, eshitib, manfaat olishi sobit emas. Bu narsa hayot vaqtida bo‘lishi shart. Chunki, bu ixtiyoriy ishdir va o‘limi bilan kesilgandir. Balki, zararlanishi, alam chekishi mukin. Allohning amrida yurmagani, qaytarganidan qaytmagani va yaxshi amallarni ko‘proq qilmagani uchun nadomat qilishi mumkin. Bilingki, Qur’on qiroati savobini bag‘ishlash uchun marosim uyushtirish, juz’larni bo‘lib berish, jamoat bo‘lib, ovoz chiqarib duo qilish kabi odat bo‘lib qolgan narsalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, tobe’iynlar, taba tobe’iynlar va mujtahid ulamolarning birortasidan ham sobit bo‘lmagan. ¤lganning nomidan ro‘za tutish, haj va sadaqa qilishning ma’lum shakli bo‘lmaganidek, Qur’on qiroatining ham ma’lum shakli yoki shart-sharoiti yo‘q. ¤lgan odamga savob bo‘lishini xohlagan odam o‘zi tilovat qilib, duo ila savobini bag‘ishlab qo‘yaveradi. Ammo, birovni Qur’on tilvot qilib savobini mayyitga bag‘ishlash uchun yonlab olishni o‘tgan azizlardan hech kim qilmagan. Ulamolarimizdan birortalari bu ishga amr qilmaganlar, ruxsat ham bermaganlar. Savobning etishi, amal Alloh uchun xolis bo‘lgandagina bo‘ladi. Ajr-haq olish uchun yonlangan odamning qiroati esa, xolisona emas. Shuning uchun undan savob ham hosil bo‘lmaydiki, mayyitga bag‘ishlasa. Shuning uchun ham, imomlardan birortalari ro‘za tutib, namoz o‘qib savobini mayyitga bag‘ishlash uchun birovni kiraga olinadi ham, demaganlar. SAVOBNI BAFIShLASh HAQIDAAHLI BID’ATNING MAZHABI Ba’zi bir ahli bid’atlar, o‘tgan odamga na duoning va na boshqa narsaning savobi etmaydi, deganlar. Ularning bu gaplari yuqorida Qur’on va sunnatdan keltirilgan dalillar ila marduddir. Ahli bid’atning dalillari: 1. «Va inson uchun faqat o‘zi sa’y-(harakat) qilganidan boshqa narsa yo‘q» (Najm: 39). 2. «Faqatgina o‘zingiz qilib o‘tgan amallar bilan jazolanursiz» (Yosin: 54). 3. «U (jon) foydasiga kasb qilgan narsasi va U (jon) zarariga kasb qilgan narsasi» (Baqara: 286). 4. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Vaqtiki, odam bolasi o‘lsa, uning uch narsadan boshqa amali kesiladi: Sadaqai joriya, unga duo qiladigan solih farzand va undan keyin manfaat olinib turiladigan ilm!» - deganlar. (Muslim rivoyat qilgan). Ahli bid’atning dalillariga javob: 1. Ularning «Va inson uchun faqat o‘zi sa’y (harakat) qilganidan boshqa narsa yo‘q» (Najm: 39) oyati haqida aytgan gaplariga javob shulki, avvalo, inson o‘z sa’yi-harakati bilan do‘stlar ortdiradi, farzand ortdiradi, uylanib xotinlik bo‘ladi, yaxshiliklar qiladi, rahmat so‘rab duo qilsalar, sa’y-harakatidan bo‘lmay nimadan bo‘ladi? Ikkinchidan, Qur’on odam o‘zidan boshqaning sa’yidan manfaat olmaydi, degani yo‘q. Qur’on odam o‘zidan boshqaning sa’yiga ega bo‘lmaydi demoqda. Bu ikki ish orasida, ya’ni, insonning o‘zidan boshqaning sa’yidan manfaat olmasligi bilan ega bo‘lmasligi orasidagi farq maxfiy emas, ochiq-oydindir. Alloh taolo inson faqat o‘z sa’yiga ega ekanligi, boshqaning sa’yiga, o‘sha boshqaning o‘zi ega bo‘lishi haqida xabar berdi. ¤zi ega bo‘lgan narsani esa, xohlasa o‘ziga olib qoladi, xohlasa boshqaga beradi.Ushbu oyatni o‘zidan oldingisi bilan bog‘lash ham bizning javobimizni quvvatlaydi. Chunki, odingi oyatda: «Bir jon boshqasining og‘irligini ko‘tarmaydi», deyilgan. Bu esa, Alloh taolo hech kimni boshqa birovning aybi tufayli iqob qilmasligini, bu dunyoning podshohlariga o‘xshab birovning ma’siyati uchun boshqni jazolamasligini taqozo qiladi. Ikkinchidan, har bir kishi birovning amali bilan emas, faqat o‘z amali ila najot topishini taqozo qiladi. Shundoq bo‘lgandagina insonning ota - bobolari, o‘tganlari va mashoyixlari amali ila najot topish haqidagi xom xayoli kesiladi.2. Shuningdek «U (jon) foydasiga kasb qilgan narsasi va U (jon) zarariga kasb qilgan narsasi», (Baqara: 286) oyatining ma’nosi ham avvalgi oyatning ma’nosiga o‘xshaydi. Har bir shaxs o‘z kasbining egasi, birovning kasbining egasi emasdir. Har bir shaxs o‘z ma’siyati tufayli iqob qilinur, boshqaning ma’siyati tufayli emas. 3. Endi «Faqatgina o‘zingiz qilib o‘tgan amallar bilan jazolanursiz» (Yosin: 54) oyati siyoqiga to‘liq qaraydigan bo‘lsak: «Bugungi kunda biror jonga hech zulm qilinmas. Faqatgina o‘zingiz qilib o‘tgan amallar bilan jazolanursiz», (Yosin: 54) deyilgan. Ya’ni, bir bandaning boshqa birovning qilgan amali tufayli jazoga tortilmasligi ta’kidlanmoqda. Boshqaning amalidan manfaat olishi emas. 4. Odam bolasi o‘lsa undan amali kesilish haqidagi hadisga kelsak. Bu hadisning dalil qilib keltirishning o‘zi noto‘g‘ridir. Chunki, unda «amal kesiladi» deyilgan, «manfaatlanishi kesiladi», deyilmagan. Har bir amalga uni qiluvchisi egadir. Xohlasa o‘ziga oladi, xohlasa o‘zgaga bag‘ishlaydi. Bizda esa, odamlarimizning ko‘plari mazkur ishlarning bir tarafga qo‘yib, “marosimlar”ga o‘zlarini uradilar. Barcha gap so‘z aynan o‘sha narsalar ustida bo‘ladi. Siz aytib o‘tgan va o‘tmagan “uch”, “etti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, yaqindan “Ellik ikki” va “yil” va boshqa marosimlar boshlarini qamrab olgan bo‘ladi. Bu bid’atlarni qilish uchun ularga bag‘ishlangan yana bir qancha bid’at va xurofotlar to‘qilgan. Misol uchun “yigirma” yoki “qirq”ni toq kuni qilish kerak ekan. O‘n etti yoki o‘ttiz etti kunda. Pishiriladigan taomlar haqida ham har xil gaplar bor. Ammo bu narsalar haqida diniy kitoblarimizda bir og‘iz ham so‘z yo‘q.Motam munosabati bilan dasturxon uyushtirishni “vaziyma” deyiladi. Bu narsani qilish ixtiyoriydir. Faqat uning kuni, ismi va unda qilinadigan taomlar ta’yin qilingan emas. Hech kim uni majburiy degan ham emas.Bu marosimni har kim o‘zidan, oilasidan, qaramog‘idagilardan ortdirgan mablag‘i bo‘lgan paytda, isrof, xo‘ja ko‘rsin va bid’at-xurfotlardan chetda bo‘lgan holda qilsa bo‘ladi. Unga iloji boricha qorni to‘ysa, qayg‘usi ketadiganlarni taklif qilsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Bu ishni majburiy deb o‘ylash, kun sanab turli nomlar bilan atash va falon toamni tayyorlash kerak ekan deyish mutlaqo to‘g‘ri emas. Ayniqsa, etim – esirlarning rizqini qirqish, qarz olish kabi ishlar mumkin emas. Chunki bizning dinimizda o‘likni yo‘qlayman deb tirikni qiynashga hech qanday yo‘l yo‘q.Har birimiz ushbu haqiyqatlarni anglab etishimiz va ular taqozosi ila amal qilishimiz kerak.
27 Апрел 2022, 15:19 | Савол-жавоблар | 161 | Aqiyda