Taxajjud namoz kanday ukiladi?

Assalomu alaykum raxmatullaxi va barakatuxu Shayx Xazratlari!Usoz sizdan oldingi savollarimga javob olayotganimdan bexad minnatdorman, Allox sizni uz panoxida asrasin, kuch kuvvat ato etsin. Xazrat men taxajjud namozlarini ukimokchi edim, shu saytdan xam, internetdan xam izladim birok taxajjud namozi tartibi kanday va uni kamida necha rakaat ukish kerakligi tugrisida ma’lumot topolmadim.Ustoz sizdan iltimos, taxajjud namozi tulik tartibi, vakti va rakaatlari xakida ma’lumot bersangiz. Yoki bu namoz xakida tulik ma’lumot manbasini aytsangiz, iltimos.Allox sizni uz panoxida asrasin va barcha musulmonlar baxtiga sog-omon buling.Assalomu alaykum raxmatullaxi va barakatuxu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu namozning ozi ikki, ko‘pi sakkiz rak’atdir.Kechasi bir uxlab turib o‘qiladigan namozni «tahajjud namozi» deb ataladi. Shuningdek, bu namozni «qiyom namozi» deb ham aytiladi.Tahajjud namozini kechaning oxirgi uchdan birida o‘qimoq afzalligi bilinadi. Chunki o‘sha paytda Alloh taolo dunyo osmoniga tajalli qilgan duo, so‘rov va istig‘forlarni to‘siqsiz qabul qilayotgan bo‘ladi. Albatta, bundoq fazilatli vaqtni tahajjud namozi ila o‘tkazayotgan banda g‘oyat ulug‘ maqomlarga erishishi turgan gap. U vaqtda bandaning qilgan duosi Alloh taolo tomonidan darhol qabul bo‘ladi, so‘ragan narsasi beriladi, gunohlari kechiriladi.Bu namozni kechaning uchdan biri qolganda o‘qigan afzal. Ikki rakatdan o‘qib borib, oxiri Vitr o‘qiladi.

20 Апрел 2022, 18:51 | Савол-жавоблар | 399
|
Boshqa savol-javoblar