Qabr azobidan panoh so‘rash duosi
Assalomu alaykum! Muborak ramazon oyida muborak bo‘lsin. Izlash xizmatidan mavzuga doir savol javoblarni o‘qidim. Shayx Hazratlari bergan javoblardan qabr azobi borligi va shunga ishonish farzligi haqida tushuncha berilgan. Savolim qabr azobidan asrovchi duo yoki kalima bormi? Bu qaysi duolar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Albatta bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo quyidagi duoni o‘qiganlar. وَلِلشَّيْخَيْنِ وَالنَّسَائِيِّ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدْعُو: اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ، وَمِنْ عَذَابِ النَّارِ، وَمِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ، وَمِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilgan hadisda:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam duoda: «Allohim! Sening ila qabr azobidan, do‘zax azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan va Masiyh Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman», der edilar», deyilgan.
Sharh: Demak, ushbu hadisi sharifda zikri kelgan narsalar, jumladan, qabr azobi ham sobit narsadir. Biz ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib, ushbu narsalardan, jumladan, qabr azobidan panoh so‘rab turishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 199 | Duolar