Qilinmagan qurbonlikning qazosi
Assalomu alaykum! 1). Qurbonlikning qazosi sadaqa qilish bilan ado bo‘larkan. Shu sadaqaning pulini, masalan kasal odam tuzalishligi uchun mablag‘ topa olmayotkan bo‘lsa yoki operatsiyasiga puli yo‘q bo‘lsa, ana shunaqa odamlarga qurbonlikning qazosini ado qilishni niyat qilib pul bersa sadaqa o‘rniga o‘tadimi?
2). Ana shunday kasallarga sadaqa sifatida beriladigan pulni sadaqa qiluvchi kishi boshqa bir odam(yig‘ilgan pullarni kasallarga etkazib berishlikni zimmasiga olgan) orqali bergan bo‘lsa, lekin sadaqa qiluvchi sadaqani kasallarga vositachi orqali berilgan yoki berilmaganidan xabar topolmasa, sadaqani vositachi orqali qilgan kishi qurbonlikning qazosini ado bo‘ldi deb umid qilsa bo‘ladimi? Ya’ni sadaqa qiluvchidan soqit bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘tadi. Sharti oluvchi zakotga qodir bo‘lmasligidir. 2). Soqit bo‘ladi. Bermaganligi aniq bo‘lsa qayta berish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 148 | Ibodatlar