Sunnat namozlari
Assalomu alaykum! Sa’y-harakatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
1.Bir internet saytidv quyidagini o‘qidim:
G‘avs-ul-a’zam Abdulqodir Geyloniy (Giyloniy yoki G‘iloniy) hazratlari “Futuh-ul-G‘ayb” kitobida yozadilarki: «Mo‘min, avvalo farzlarni bajo keltirishi kerak. Farzlar bitgach, sunnatlarni ado etadi. Undan keyin nofilalari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Farz ibodatidan qarzi bo‘lgan kishining, sunnatlar bilan vaqt o‘tkazishi ahmoqlikdir. Farz qarzi [qazolari] bo‘lgan odamning sunnatlari qabul bo‘lmaydi. Ali ibn Abu Tolib «rodiyallohu anh» rivoyat qiladilar: Rasululloh «sallallohu alayhi va sallam» marhamat qildilarki: «Zimmasida farz qarzi bo‘lgan kimsa, qazoni qo‘yib nofila amal ishlasa, bekorga zahmat chekkan bo‘ladi. Bu kimsa, qazosini o‘tamaguncha Allohu taolo uning nofila namozlarini qabul qilmaydi». G‘avs-ul-a’zam Abdulqodir Geyloniy hazratlari bildirgan bu hadisi sharifni Hanafiy mazhabi olimlaridan bo‘lmish Abdulhaq Dehlaviy hazratlari quyidagicha izoh, ya’ni sharhlamoqdalar: «Bu xabar, farz qarzi [qazosi] bo‘lgan kishining sunnat va nofila ibodatlari qabul bo‘lmasligini bildirmoqda. Sunnat namozlari, farzlarni tamomlashini bilamiz. Lekin bu, «sunnat farzning o‘rniga o‘tadi», — degan ma’noga kelmaydi. Balki, farz ado etilayotganda, “namoz ichida tark etilgan sunnat va adablarni tamomlash”- degan ma’noni bildiradi. Demakki, sunnatlarni o‘qishdan maqsad, farz namozining ichidagi kamchiliklarni to‘ldirish uchundir. Biroq, farz qarzi bo‘lganlarning sunnat o‘qishlaridan hech qanaqa naf tegmaydi.»
Besh vaqtdagi sunnat namozlari o‘rniga qazolar o‘qish afzal degan hulosa chiqayapti bu erda. Yillar davomida o‘qilmagan farzlarni qazosini o‘qishga niyatlandim. Bu borada qanday yo‘l tutish kerak?
2.Qazoni besh vaqt namoz vaqtlarida farzdan keyin o‘qish ma’qulmi, yoki xuftondan keyin bir kunlik barcha farzlarni qazosini bir vaqtda o‘qigan tuzukmi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Hanafiy fuqaholarining barchasi qazosi bor odam sunnati muakkadalarni tark qilmaydi deganlar. Tanballikni yig‘ishtirib qazoni ham sunnatlarni ham o‘qishga harakat qilish kerak. Afsuski hozirgi kunda o‘sha sunnatlar o‘rniga qazo o‘qimoqchi bo‘lganlar har kuni soatlab vaqtini televizor va internet ostida o‘tkazmoqdalar. 2). Makruh bo‘lgan uch vaqtdan boshqa hamma vaqt o‘qish joiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 197 | Dolzarb savollar