Sajdada
Assalomu alaykum! Sajdada “Subhani robbiyal Alloh” deb 3 martadan ko‘p aytilsa zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sajdada “Subhani robbiyal Alloh” emas, balki “Subhaana robbiyal a’laa” deyish sunnat. Agar uch martadan ko‘p aytsangiz zarari yo‘q. Toq aytish ham sunnat. Ruku’da “Subhana robbiyal aziym” deb “ظ” bilan aytiladi. Shunda “Buyuk bo‘lgan robbim pokdir” degan ma’noni bildiradi. Mabodo “ظ”dan boshqa o‘zbek tilida ishlatiladigan “z” harfi bilan talaffuz qilinsa, ma’nosi “ashaddiy dushman bo‘lgan robbim pokdir” degan ma’noga aylanib qoladi. Shuning uchun fuqaholarimiz: “arab tilidagi “ظ” harfini talaffuz qilishga qiynalgan kishilar “Subhana robbiyal kariym” desa joiz” deganlar. (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:45 | Савол-жавоблар | 180 | Ibodatlar