Burjlar xakida

Assalomu alaykum!Xurmatli ustozlar! Menga bir masalada javob berolsangiz bagoyatda xursand bolar edim. Kur’oni Karimda Buruj surasi bor. Xozirgi kunda odamlar xam burjlar(zodiaki) boyicha yillar va yana shu yilda tugilganlarning xarakterlarini aniklab aytishadi. Ammo bu narsa togrimi yokmi unisi bilan xech kimning ishi yok. Ular yana kelajak xakida xam nimadirlar aytishadi albatta bu notogri chunki Alloxdan uzga zot ertaga nima bolishini bilmaydi. Bu notogri. Odamlar xattoki shu burjlari bilan togri keladigan juftlarini kidiradilar. Bu narsaga kanday karaladi? Agar bu narsa notogri bolsa Allox buruj surasida nimaga aynan burjlarga kasam ichgan? Notogri savol bergan bolsam uzr avvaldan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning burujlarga qasam ichishi bilan burjga qarab fol ochishning hech qanday aloqasi yo‘q. Bu shariatdan og‘ish hisoblanadi. Bu boshqa din vakillari, xususan butlarga sig‘inuvchilardan ta’sirlanish hisoblanadi. Uylanishdan oldin juftning qanday jihatlariga qarash to‘g‘risida  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam go‘zal ko‘rsatmalarni berganlar. Siz “Baxtiyor oila” kitobini o‘qisang unda batafsil yozilgan. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 155 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar