Sudxurlik
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Bir savolim bor edi. Kredit ya’ni sudxurlikni xarom kilinishini asl moxiyati nimada. Saytdan kidirib topolmadim. Agar saytda bulsa adresni kanday. Uzr arzimas savol bilan kimmatli vaktingizni olgan bulsam.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kredit ajnabiycha - ruscha so‘z. O‘zbek bo‘lganingizdan keyin o‘z tilingizni o‘rganing. Bu so‘z bizning tilimizda “qarz” deyiladi. Qarz sudxo‘rlik degani emas. Sudxo‘rlik qarzning ustiga foyda olishdir. Buni ribo deyiladi.«Ribo» lug‘atda «ziyoda» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, molni molga almashtirishda evazsiz ortiqcha mol olishga aytiladi.Ribo — sudxo‘rlik bechoralarning nochorligidan foydalanib, ularning mehnati evaziga boylik orttirishdan iboratdir. Bir inson nochor bo‘lib, ish yuritishga, oila tebratib bola-chaqa boqishga sarmoyasi qolmay, puldor kishining oldiga hojatini aytib borsa, unga sadaqa yoki yaxshi qarz berishning o‘rniga, sudxo‘rlik yuzasidan muomala qiladi. Ya’ni, men senga ma’lum muddatga, ma’lum miqdor pul beraman, sen bu pulni buncha foizga ko‘paytirib berasan, deydi. Agar tayinlangan muddatdan kech qolsa, yana ustiga foiz qo‘shiladi va hokazo. Shunday qilib, bir toifa odamlar boshqalarning nochor holidan mehnatsiz boylik orttirish uchun foydalanadilar. Riboxo‘rlik bor jamiyatda nohaqlik, iqtisodiy zulm avjga chiqadi. Oqibatda mol-mulk bir guruh sudxo‘rlarning qo‘liga o‘tib qolib, jamiyat ularning xohishiga binoan yashashga majbur bo‘ladi.
27 Апрел 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat