Duolar ma’nosi

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari.Meni savolim shundan iboratki xar kuni ukib yuradigan duolar bor, shu paytgacha ularni ma’nosi xakida uylamagan ekanman, shu duolarni ma’nolarini bilmokchi edim.1. Robbana la tuzi kulubana ba’da iz xadaytana va xablana milladunka roxma innaka antal vaxxab.2. Alloxumma ainna ala zikrika va shukrika va xusni ibadatik.3. Robbana takobbal minna innaka antassamiul alim va tub alayna ya mavlana innaka anta tavvabur roxim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Robbimiz, bizni hidoyatga boshlaganingdan keyin qalbimizni toydirmagin. Bizga O‘z huzuringdan rahmatni bergin. Albatta, Sen ko‘p hibalar beruvchisan!2. Allohim! Bizga Sening zikringni, o‘ukringni va ibodatingni go‘zal qishida yordam ber!3. Robbimiz, bizdan qabul qilgin. Albatta, Sen O‘zing eshituvi va biluvchisan. Bizning tavbamizni qabul aylagin, yo Mavlomiz, albatta, Sen O‘zing tavbalarni ko‘plab qabul etuvchi va rahimli zotsan!

27 Апрел 2022, 17:07 | Савол-жавоблар | 175 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar