Sabrning darajalari

Assalomu alaykum! Zino eshiklari qisman yopiq bo‘lgan, odamlar ko‘rganda ayb qilishi mumkin bo‘lgan, obro‘siga zarar etish xavfi bo‘lgan jamiyatda Allohdan qo‘rqib zinodan tiyilish, sabr qilish bilan, zino eshiklari ochiq bo‘lgan, odamlar shunga da’vat qilib turgan, obro‘-e’tiboriga bu ishni ta’siri bo‘lmagan jamiyatda Allohdan qo‘rqib zinodan tiyilish va sabr qilishdagi sabr darajalari tengmi? Sabr savobi darajalarichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Teng emas. Ikkinchisining savobi ko‘proq. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:38 | Савол-жавоблар | 151 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar