Kelinni qaynota-qaynonasiga munosabat

Assalomu alaykum? Bizlarni o‘zbekchilik millatimizga hos kelmasligini bilib turib bazibir kelinlar amal qilishmayapti va ko‘p insonlar ajrimlarga shu sababdan ajralishlar, oilalar buzilib ketmoqda. Man beradigan savolimga diniy ozgina qilib tushuncha berishingizni iltimos qilaman. Kelinni vazifasi nimadan iborat? Qaynota qaynonasini aytganini qilmasdan Faqat erini aytganini qisinmi yoki bu kelin bo‘lib tushgan xonadonda hammani gapi birdek va o‘sha honadon sohib sohibalarni hurmatini joyiga qo‘yib  nima desa qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘rinda har ikki tomonga ham tengdan nasihat qilish kerak. Qayna-qaynotaga qarata “Kelin xizmatlaringizni qilish hech qanaqasiga vojib ham, shart ham emas. Kelinning sizlar uchun qilayotgan har bir xizmatlari erini hurmatidan, sizlarni izzat-ikrom qilganidandir. Buni sizlarga nisbatan ehson deb qabul qilishinglar kerak” deyish kerak. Xalqimizda buni shart, hatto Alloh taoloning farzidan ham muqaddam deb tushinib olganlar bor. Bu fikr mutlaqo noto‘g‘ridir. Hatto, “sen kelinimizsan” deb erni aka-ukalari va opa-singillarigacha kelin bechorani cho‘ri qilib olishgan. Bu ochiq-oydin zulm, harom amaldir. Hatto erning aka-ukalari kelinoyisiga nomahram hisoblanib, nomaharamga bo‘lgan munosabatda bo‘lishlari shart. Kelinlarga esa oilaning tinchiligi, kelgusida izzat-ikrom topish, barakotli bo‘lish qaynona va qaynotalarini duoalirini olish ila bo‘ladi. Chunki erning roziligi ko‘pincha ularni hursand qilish, duolarini olish ila bo‘ladi. Kelinlar buni g‘animat bilishlari kerak. kim nimaga erishgan bo‘lsa duo va xizmat ila erishadi. Kelinni cho‘ri deb tushinadigan qaynona va qaynotada xayriyat yo‘q. ularni duosi kerak emas degan kelinlarda ham xayriyat yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 17:07 | Савол-жавоблар | 204 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar