Rivoyat rostmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar shu rivoyat rostmi? Uzumdan tayyorlangan sharob   Hazrati Ali roziyallohu anhu bir Xristiyanning uyida mehmon bo‘ldilar. Mezbon mehmonga uzum taqdim qildi. Hazrati Ali uzumni eb bo‘lgach, mezbon uzumdan tayyorlangan sharobni olib keldi. Hazrati Ali: "Bu haromdir" dedilar. Xristiyan mezbon: "Men siz musulmonlarga xayronman, uzumni halol deysizlaru sharobini harom vaholangki sharob uzumdan tayyorlanadi" dedi Hazrati Ali: Ayoling bormi? Xristiyan: ha, bor. Hazrati Ali: Qizingchi, qizing ham bormi? Xristiyan: Ha, u ham bor. Hazrati Ali: Ikkisini ham chaqir, bu erga kelishsin dedilar. Ayoli va qizi kelgach Xristiyanga qarata: Bu qiz onasidandir, lekin ko‘rayapsanki Alloh senga onasini halol qilib, qizini harom qilgan. Xristiyan shu zaxotiyoq: "Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir, Muhammad esa Uning quli va elchisidir, siz esa uning xalifasisiz" deb qo‘llaridan o‘pib iymon keltirdi va buni e’lon qildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini anig‘ini bilmaymiz. Ali roziyallohu anhu bilan bo‘lmaganligi aniq. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 153 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar