Sajdadagi duo maqbulmi?

Assalomu aleykum, xazrat. Siz bir ma’ruzangizda bandaning Olloxga eng yakin buladigan payti sajda vaktida degansiz. Suraydigan bulsangiz Olloxdan shu vaktda surab koling degansiz. Bu bilan namoz paytidagi sajdanimi yoki aloxida namozdan tashkarida sajda kilib turib surashni tushinish kerakmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu mening gapaim emas. Bu hadis.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lishi, u sajda qilganidadir. Bas, duoni ko‘paytiringlar», dedilar».Namoz bandaning o‘z Robbisi ila yakkama-yakka munojatidir. Namoz mo‘min insonning me’rojidir. Namoz mo‘min insonning Allohning huzurida o‘zini eng xor va eng past tutgan holidir. Sajda esa, namozning eng bandalik ravshan zohir bo‘lgan, xorlik va zorlik ravshan bo‘lgan joyidir. Bandaning zorligi qanchalar oshsa, Allohning unga yaqinligi shunchalik oshadi. Shuning uchun ham banda sajdada turganida Robbisiga eng yaqin holda bo‘ladi. Robbisiga yaqin bo‘lib turganda esa, so‘ragan narsasi qabul bo‘lishi ham eng yaqin hol bo‘ladi. Shuning uchun ham, banda sajdada turgan holida duoni ko‘proq qilishi kerak. Imom Muslim va Ahmadlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ogoh bo‘linkim, men ruku’da va sajdada turgan holimda Qur’on qiroat qilishdan nahiy qilindim. Ammo, ruku’da Allohning ulug‘langlar, sajdada esa, duo qilishga ijtihod qilinglar, sizga ijobat bo‘lishi loyiqdir», deganlar.Bu kabi duo nafl namozda bo‘ladi.

27 Апрел 2022, 17:40 | Савол-жавоблар | 157 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar