Hanafiy mazhabidagi vitr namozi
Assalomu alaykum! Ustozlar, Imom azam mazhablarida vitr vojib nomozi qanday o‘qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! الْوِتْرُ ثَلَاثُ رَاكَعَاتٍ وَجَبَ بِسَلَامٍ وَقَبْلَ رُكُوعِ الثَّالِثَةِ يُكَبِّرُ رَافِعًا يَدَيْهِ، ثُمَّ يَقْنُتُ فِيهِ أَبَدًا دُونَ غَيْرِهِ، وَيَقْرَأُ فِي كُلِّ رَكْعَةٍ مِنْهُ الْفَاتِحَةَ وَسُورَةً وَيَتْبَعُ الْقَانِتَ بَعْدَ رُكُوعِ الْوِتْرِ لَا الْقَانِتَ فِي الْفَجْرِ، بَلْ يَسْكُتُ Vitr bir salom bilan vojib bo‘lgan uch rak’atdir. Uchinchi ruku’dan oldin ikki qo‘lini ko‘tarib, takbir aytadi, so‘ng doimo shu o‘rindagina «Qunut» duosini o‘qiydi, boshqasida emas. Uning har bir rak’atida Fotihani va biror surani qiroat qiladi. Va (iqtido qiluvchi) vitrning ruku’sidan keyin «Qunut» o‘quvchi(imom)ga ergashadi, bomdodda «Qunut» o‘quvchiga ergashmaydi, balki sukut saqlaydi. Ushbu qisqa iboralarda juda ham ko‘p hukmlar jamlangandir. Fiqh ulamolarining, jumladan, «Muxtasari Viqoya» sohibining mahorati batafsil gapirilsa, ko‘pgina sahifalarga joy bo‘ladigan ma’lumotlarning oddiy kishi uchun osongina tushuniladigan tarzda bir necha satrdan iborat bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu fikrimiz mazkur qisqa matnni sharh qilganimizda yana ham yaqqolroq namoyon bo‘lsa, ajab emas. Vitr bir salom bilan vojib bo‘lgan uch rak’atdir. «Vitr» so‘zi bizning tilimizda «toq» ma’nosini bildiradi. O‘rganayotgan jumlamizda «bir salom bilan» degan iboraning kelishiga shofe’iy mazhabidagi «Uch rak’atli vitr ikki salom bilan o‘qiladi», degan gap sabab bo‘lgan. Ularda oldin ikki rak’at o‘qib, salom beriladi. Keyin alohida bir rak’at va unda «Qunut» duosi o‘qilib, yana salom beriladi. Bizning mazhabimizda uch rak’atda bir salom berish qabul qilingan. Shuningdek, bizda vitr namozi vojibdir. Hanafiy ulamolar vitr namozini «vojib» deganlarida o‘z xayollaridan chiqarib aytmaganlar. Ular bu gapni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga suyanib aytganlar. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَا أَهْلَ الْقُرْآنِ أَوْتِرُوا، فَإِنَّ اللهَ وِتْرٌ يُحِبُّ الْوِتْرَ رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey ahli Qur’on, vitr namozi o‘qing. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko‘rur», dedilar». «Sunan» egalari rivoyat qilishgan. عَنْ خَارِجَةَ بْنِ حُذَافَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ خَرَجَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ إِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ قَدْ أَمَدَّكُمْ بِصَلَاةٍ، وَهِيَ خَيْرٌ لَكُمْ مِنْ حُمْرِ النَّعَمِ، وَهِيَ الْوِتْرُ، فَجَعَلَهَا لَكُمْ فِيمَا بَيْنَ الْعِشَاءِ إِلَى طُلُوعِ الْفَجْرِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Xorija ibn Huzofa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar va: «Albatta, Alloh azza va jalla sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U sizlar uchun qizg‘ish tuyalardan ham yaxshidir. U ham bo‘lsa, vitrdir. U Zot sizlarga uni xuftondan to tong otguncha qildi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan. Hokim sahih degan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ اجْعَلُوا آخِرَ صَلَاتِكُمْ بِاللَّيْلِ وِتْرًا رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tundagi oxirgi namozingizni vitr qiling», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّ اللهَ تَعَالَى زَادَكُمْ صَلَاةً، أَلَا وَهِيَ الْوِتْرُ، فَصَلُّوا مَا بَيْنَ الْعِشَاءِ إِلَى طُلُوعِ الْفَجْرِ رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ Abdulloh Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh taolo sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U vitrdir. Bas, uni xuftondan to tong otguncha o‘qiyveringlar», dedilar». Dora Qutniy va Tabaroniy rivoyat qilishgan. Ushbu rivoyat yana boshqa ettita sahobiydan ham keltirilgan. عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْوِتْرُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Vitr har bir musulmonga haqqu-vojibdir», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ko‘rinib turibdiki, vitr namozining saviyasi sunnat namozi saviyasidan yuqoridir. Agar shunday bo‘lmasa, ushbu hadislar aytilmas edi. Shu bilan birga, bu hadislarning dalillik kuchi farz namozlariga dalil bo‘lgan oyat va hadislarning dalillik kuchi darajasida emas. Shuning uchun hanafiy ulamolar vitr namozini vojib deb, farz namozidan keyingi, sunnat namozidan oldingi o‘ringa qo‘yganlar. Eng kuchli dalillardan biri – bu namozni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon tark qilmaganlaridir. Bu esa vitr namozi oddiy sunnat namozi emasligini yaqqol ko‘rsatadi. Uchinchi ruku’dan oldin ikki qo‘lini ko‘tarib, takbir aytadi, so‘ng doimo shu o‘rindagina «Qunut» duosini o‘qiydi, boshqasida emas. Hanafiy mazhabi bo‘yicha, «Qunut» duosi vitr namozida o‘qiladi. Vitr namozining uchinchi rak’atida qiroatni tamom qilganidan so‘ng namozni boshlashdagiga o‘xshatib takbir aytib, ikki qo‘lini quloqlarining yumshoq joyigacha ko‘taradi. So‘ngra qo‘llarini kindigi ostiga qo‘yadi va «Qunut»ni o‘qib, keyin ruku’ga ketadi. Hanafiy mazhabi vitrda ruku’dan oldin «Qunut»ni o‘qishga quyidagi dalillarni keltirishadi: عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقْنُتُ فِي وِتْرِهِ قَبْلَ الرُّكُوعِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam vitrning ruku’sidan oldin «Qunut» o‘qir edilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقْنُتُ فِي الْوَتْرِ قَبْلَ الرُّكُوعِ، قَالَ ثُمَّ أَرْسَلْتُ أُمِّيَ أُمَّ عَبْدٍ فَبَاتَتْ عِنْدَ نِسَائِهِ، فَأَخْبَرَتْنِي أَنَّهُ قَنَتَ فِي الْوَتْرِ قَبْلَ الرُّكُوعِ رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam vitrda ruku’dan avval «Qunut» o‘qirdilar. So‘ngra onam Ummu Abdni yubordim. Bas, u u zotning ayollari oldida yotib qoldi va kelib, menga u zotning vitrda ruku’dan oldin «Qunut» o‘qiganlarining xabarini berdi». Dora Qutniy rivoyat qilgan. Bunga o‘xshash rivoyatlar juda ham ko‘p. Hanafiy va molikiy mazhablari qunutda o‘qiladigan duoga ushbu dalilni keltiradilar: أَخْرَجَ أَبُو دَاوُدَ عَنْ خَالِدِ بْنِ أَبِي عِمْرَانَ قَالَ بَيْنَمَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدْعُو عَلَى مُضَرَ إذْ جَاءَهُ جَبْرَائِيلُ فَأَوْمَأَ إلَيْهِ أَنْ أُسْكُنْ، فَسَكَتَ، فَقَالَ يَا مُحَمَّدُ، إنَّ اللهَ لَمْ يَبْعَثْكَ سَبَّابًا وَلَا لَعَّانًا، وَإِنَّمَا بَعَثَكَ رَحْمَةً، لَيْسَ لَكَ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ ثُمَّ عَلَّمَهُ الْقُنُوتَ اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُكَ وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ الْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يُفْجِرُكَ اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّي، وَنَسْجُدُ وَإِلَيْكَ نَسْعَى، وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَى عَذَابَكَ، إنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ Imom Abu Dovud Xolid ibn Abu Imrondan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muzarning ziddiga duo qilayotganlarida birdan Jabroil alayhissalom keldi va u zotga «Jim», deb ishora qildi. U zot jim bo‘ldilar. Bas, u: «Ey Muhammad, albatta, Alloh seni so‘kong‘ich qilib ham, la’natlovchi qilib ham yuborgani yo‘q. Albatta, seni olamlarga rahmat qilib yubordi. Senga ishdan hech bir narsa yo‘qdir», dedi. So‘ngra «Qunut»ni o‘rgatdi: «Allohumma innaa nasta’iynuka va nastag‘firuka. Va nu’minu bika va natavakkalu alayka. Va nusniy alaykal xoyro kullahu. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabaka. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq». Duoning ma’nosi: «Allohim, albatta, biz Sendan yordam so‘raymiz, Senga istig‘for aytamiz va Senga iymon keltiramiz, Senga tavakkul qilamiz va Senga shukr keltiramiz, kufr keltirmaymiz. Kim Senga fojirlik qilsa, uni ajratamiz va tark qilamiz. Allohim, Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz, Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Sening rahmatingni umid qilamiz va azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, Sening haq azobing kofirlarga etguvchidir». Sahobai kiromlar ushbu duoga ittifoq qilganlar, bu duo hazrati Umar va u kishining o‘g‘illari Abdulloh ibn Umarning duolari sifatida ham mashhur bo‘lgan. Kim «Qunut» duosini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa, sahv sajdasi qiladi. «Qunut» duosini bilmagan odam uni yodlab olgunicha uch marta «Allohummag‘fir lii», desa yoki «Robbanaa a’tina»ni o‘qib tursa bo‘ladi. Uning har bir rak’atida Fotihani va biror surani qiroat qiladi. Abdulaziz ibn Jurayj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oishadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nima ila vitr o‘qishlarini so‘radik. U kishi: «Birinchi rak’atda «Sabbihisma robbika»ni, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kaafiruun»ni, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» va mu’avvizataynini o‘qir edilar», dedi». «Sunan» egalari rivoyat qilishgan. Boshqa rivoyatlarda uchinchi rak’atda faqat «Qul huvallohu ahad»nigina o‘qishlari aytilgan. «Mu’avvizatayni» – «Qul a’uuzu birobbil falaqi» va «Qul a’uuzu birobbinnaasi» suralaridir. Ushbu hadisdan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘pincha uch rak’at vitr o‘qiganlari ochiq-oydin bilinmoqda. Va (iqtido qiluvchi) vitrning ruku’sidan keyin qunut o‘quvchi(imom)ga ergashadi, bomdodda qunut o‘quvchiga ergashmaydi, balki sukut saqlaydi. Odatda taroveh namozida vitr ham jamoat bilan o‘qiladi. Shunda muqtadiy imomning ortidan «Qunut»ni o‘qiydi. Hanafiy mazhabidagi namozxon bomdod namozida shofe’iy mazhabidagi imomga iqtido qiladigan bo‘lsa, imom o‘z mazhabiga binoan «Qunut»ni o‘qiganda, muqtadiy sukut saqlab turaveradi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 18:13 | Савол-жавоблар | 192 | Ibodatlar