Nikoh uzugi mahrga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Jiyanim yaqinda uylanyapti shar’iy nikoh joiz bo‘lishi uchun kamida 4,5 gr oltin miqdorida mahr berish kerakligini bilib o‘zi sovg‘a qilayotgan nikoh uzugi mahr o‘rnini bosa oladimi bilmoqchi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda belgilangan mahr miqdoriga kifoya qilsa, bersa va ayoli rozi bo‘lsa joiz. Saytimiz  "Izlash xizmati"dan foydalanib mahrning miqdori deb qidirsangiz javob topasiz. Dinimizda “nikoh” uzugi degan narsa yo‘q.  Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 18:24 | Савол-жавоблар | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar