Soch tukilishi
Assalomu Alaykum! Sochim xaddan ziyod tukilmokda... Xozirgi kup kism dori darmonlar ximik usulda foizi kam bulgan tabiiy maxsulotlarsiz tayyorlanadi, bunday dorilar insonda boshka kasallik kelib chikishiga sabab bulishi mumkin.Paygambarimiz S.A.V. xar yunalishda etuk inson (ideal) bulganlar...Savol: Paygambarimiz S.A.V. sochga nisbatan kanday choralarni kullaganlar, shu mavzuda imkon kadar batafsil ma’lumot berishingizni surayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
SOCh VA UNING PARVARIShI HAQIDAAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sochlari ikki elkalariga urib turar edi».Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«U zot sollallohu alayhi vasallamning sochlari quloqlarining yumshoq joylarigacha edi».Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Ushbu ikki rivoyatni qo‘shib xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlari qisqa bo‘lgan paytda quloqlarining yumshoq joyiga barobar bo‘lgan. O‘sgada esa, ikki elkalariga urib turadigan bo‘lgan. O‘sha holatga etganda quloqlarining yumshoq joyiga barobar qilib qisqartib olganlar.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga amr qilinmagan narsada ahli kitoblarga muvofiq ish qilishni yaxshi ko‘rar edilar. Ahli kitoblar sochlarini tushirib yurishar edilar. Mushriklar esa boshlaridan farq ochar edilar. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshona sochlarini tushirib yurdilar. So‘ngra, keyinroq farq ochdilar».Beshovlari rivoyat qilgan.O‘sha paytda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlar butparast mushriklar va avval samoviy kitobga ega bo‘lgan yahudiy va nosroniylar bilan aloqada bo‘lar edilar. Ba’zi ishlarda mazkur ikki tomondan birini tanlash zarurati tug‘ilib qolar edi. Shunda musulmonlar doimo ahli kitoblar tomonini olar edilar. Misol uchun Rum va Fors davlatlari urush qilsalar, ahli kitob bo‘lgani uchun musulmonlar rumliklarning tarafini olar edilar. Chunki Islom ham o‘sha ahli kitoblar ishining oxirgi va mukammal nuqtasi edi. O‘sha vaqtdagi ahli kitoblar dinlari va ilohiy kitoblarini buzgan bo‘lsalar ham, musulmonlarga mushriklardan ko‘ra yaqinroq edilar. Shuning uchun ham,«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga amr qilinmagan narsada ahli kitoblarga muvofiq ish qilishni yaxshi ko‘rar edilar».Albatta, Allohdan amr kelgan ishlarda boshqalarning qilmishiga hech qanday e’tibor yo‘q. Ammo ba’zi ishlarda Allohning amri yo‘q bo‘lsa, xuddi o‘sha ishni mushriklar bir xil, ahli kitoblar boshqa xil qiladigan bo‘lsalar, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ahli kitoblarning uslubini tanlar edilar. Jumladan, sochni tarashda,«Ahli kitoblar sochlarini tushirib yurishar edilar».Ya’ni, ahli kitoblar peshonalaridan farq ochmay sochlarini oldinga tushirib yurar edilar.«Mushriklar esa boshlaridan farq ochar edilar».Ya’ni, peshonadan farq ochib sochni ikki yon tomonga tarash muriklarning ishi edi. Bu masalada Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga amr ham kelmagan edi.«Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshona sochlarini tushirib yurdilar».Bu bilan ahli kitoblarga muvofiq ish tutib, mushriklarga xilof qildilar. Vaqti soati etib U zotga Alloh taoloning amri kelganda esa,«So‘ngra, keyinroq farq ochdilar».Oisha onamiz roziyallohu anhodan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sochlarini yuvib, so‘ng farq ochib tarab qo‘yishlari haqida bir necha rivoyatlar kelgan.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ishlarining barchasida imkoni boricha o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rar edilar; Tahoratlarida ham, soch parvarishlarida ham, oyoq kiyimi kiyishlarida ham va misvok qilishlarida ham».Beshovlari rivoyat qilgan.Bu ma’nodagi hadisi shariflar oldin ham o‘rganilgan. Musulmon madaniyati ta’limoti bunga o‘xshash narsalarning barchasida o‘ng tomonni afzal ko‘radi. Ushbu rivoyatda «soch parvarishlarida ham» degan gap borligi uchun ushbu joyda keltirilmoqda.Ushbu hadisi sharifga amal qilishimiz lozimligini aytib o‘tirishning hojati ham bo‘lmasa kerak.Abdulloh Ibn Mug‘affal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bevaqt soch parvarishidan qaytarganlar».Sunan egalari rivoyat qilgan.Ba’zi kishilar bo‘lgan bo‘lmaganga vaqtlarini soch tarash bilan o‘tkazishni odat qilaganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘shandoq narsadan qaytargan ekanlar. O‘z vaqtida sochni qarab, tartibga solib olgan etarli. Behuda ishga vaqtni ketkazmay foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lish kerak.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaza’dan qaytarganlar», dedi u kishi.«Qaza’ nima?» deyildi Ibn Umarga.«Bolaning sochining ba’zisini qirib, ba’zisini qoldirish», dedi u kishi».Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir bolaning sochining ba’zisini qirilib, ba’zisini qoldirilganini ko‘rdilar. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularni nahiy qildilar va:«Hammasini qiringlar yoki hammasini qoldiringlar», dedilar».Abu Dovud va Nasaiyrivoyat qilgan.O‘sha paytda johiliyat jamiyatining bid’at xurofotlarining son-sanog‘i yo‘q bo‘lganini yaxshi bilamiz. Ana o‘sha noma’qulliklar hatto yosh bolalarning sochini oldirish borasida ham bor ekanligi ushbu rivoyatlardan bilinmoqda. Agar o‘xshatish mumkin bo‘lsa, avvallari bizda ham yosh bolalarga kokil qo‘yish odati bor edi. Sochni olib kelib, ma’lum joyni tashlab ketiladi. Bir necha bor olinmagandan so‘ng o‘sha joydagi soch o‘sib ketadi. Ko‘proq kokilni biror mozorga atab qo‘yiladi. Biror so‘yish olib borib o‘sha mozorda biror taom pishirib ulashilgandan so‘ng kokilni olar edilar. Ana o‘shanga o‘xshash bid’at qadimgi mushriklarda ham bo‘lgan ekan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘shandan nahiy qilmoqdalar.Ushbu rivoyatdan erkaklarning sochini tagidan qirtishlab oldirib yurishlari joiz ekani chiqadi.Ammo ayollarga bu ishni qilishga ruxsat yo‘q.Imom Nasaiy rivoyat qilgan hadisi sharifda:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayol kishi sochini qirdirishidan nahiy qildilar», deyilgan.SOCh BO‘YaShAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, yahudiy va nasorolar bo‘yamaydilar. Bas ularga xilof qilingiz», dedilar».Beshovlari rivoyat qilgan.Ya’ni, yahudiy va nasorolar soch-soqollarining oq tushgan tolalarini rangini boshqa rangga bo‘yamaydilar. Sizlar, ey ummatim, ularga xilof qilib soch-soqollaringizning oqargan tolalarini boshqa rangga bo‘yang, deganlari. Qaysi rangga bo‘yashga ruxsat yo‘qligi kelasi hadisi sharifda bayon qilinadi.Abu Quhofa roziyallohu anhuni Makka fathi kuni olib kelindi. Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek oppoq edi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Buni biror narsa ila o‘zgartinglar. Qoradan chetlaninglar», dedilar».Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan.«Abu Quhofa roziyallohu anhu» hazrati Abu Bakr Siddiqning otalari. U kishi mo‘min-musulmon bo‘lishlariga qaramay o‘ta qariliklari va ko‘zlari ko‘rmasligi sababidan hijrat qila olmay Makkai Mukarramada qolib ketgan edilar. Makkai Mukarrama fath etilgan kuni Abu Quhofa roziyallohu anhuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ziyoratga ko‘tarib olib kelishgan. Shuning uchun ham ushbu rivoyatda:«Abu Quhofa roziyallohu anhuni Makka fathi kuni olib kelindi», deyilmoqda.«Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek oppoq edi».«Sag‘oma» guli ham, mevasi ham oppoq bo‘ladigan o‘simlik. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Buni biror narsa ila o‘zgartinglar. Qoradan chetlaninglar», dedilar».Aslida ko‘pincha soch-soqolning oqini hinno bilan o‘zgartiriladi. Shuning uchun soch bo‘yash o‘rniga soch hinnolash ham deyiladi. Lekin hinnodan boshqa narsa bilan bo‘lsa ham joiz. Faqat qora rang bo‘lmasa bo‘lgani.Anas roziyallohu anhudan:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bo‘yaganmilar?» deb so‘raldi.«U zot ozginagina oqlikka etganlar, xolos», dedi u. Boshqa bir rivoyatda:«Albatta, u zot bo‘yamaganlar. Agar xohlasam, soqollaridagi oq tolalarni sanay olardim», deyilgan.Ikki shayx va Nasaiy rivoyat qilgan.Nasaiyning lafzida:«U zot bo‘yamaganlar. Faqatgina anfaqada bir oz, ikki yanoqda bir oz va boshda bir oz yakkam-dukkam oqlik bor edi», deyilgan.«Anfaqa» - pastki labning ostida, o‘rtada, jag‘ning ustida o‘sib turadigan tolalar.Rivoyatlardan ko‘rinib turibdiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning soch-soqollari sezilarli oqarmagan hollarida vafot etgan ekanlar. Oltmish uch yoshlarida bu holda bo‘lishlari ham hozirgi sharoitga solishtiradigan bo‘lsak, nodir hisoblanadi. Ehtimol o‘sha davr uchun ham nodir bo‘lgandir. Chunki ba’zi rivoyatlarda zikr qilinishicha hazrati Abu bakr va hazrati Umar roziyallohu anhumolar ikkilari ham «xizob»-soch bo‘yash ishi qilgan ekanlar.Ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tuki yo‘q kavshni kiyar va soqollarini varas hamda za’faron ila sarg‘aytirar edilar. Ibn Umar ham shundoq qilar edi».Abu Dovud, Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilgan.«Varas» Yamanda o‘sadigan sariq gulli o‘simlik. U bilan bo‘yalgan narsa qizg‘ish tus oladi.Bu rivoyat oldingisiga zid ma’noni keltirmoqda. Ulamolarimiz rivoyatlarni yaxshilab o‘rganib chiqqanlaridan keyin, Anas roziyallohu anhu ushbu, keyingi rivoyatda zikr qilingan ishdan bexabar qolganlar, shuning uchun o‘zlarining bilganlarini rivoyat qilganlar, deyishgan.Abu Rimsa roziyallohu anhu aytadilar:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga otam bilan keldim. U zot soqollarini hinno bilan bo‘yab olgan edilar».Mana shu ish mashhur va keng tarqalgan. Hozirda ham ko‘pchilik soqolini hinnolaydi. Ko‘pchilik musulmon xalqlarda soqolni bo‘yash istilohi yo‘q, balki soqolni hinnolash istilohi mashhur.Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Ushbu oqlikni o‘zgartirish uchun eng yaxshi narsa hinno va katamdir», dedilar».Ikkisini Sunan egalari rivoyat qilgan.«Katam» Yamanda o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, bo‘yalganda qora rang beradi. Uni hinno bilan aralashtirib bo‘yalganda esa, qizg‘ish qoramtir rang hosil bo‘ladi.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Oxiri zamonda soch-soqolini kabutarning jig‘ildoniga o‘xshatib qoraga bo‘yaydigan qavmlar bo‘lur. Ular jannatning hidini ham hidlamaslar», dedilar».Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Ushbu rivoyatdagi «kabutarning jig‘ildoniga o‘xshatib» degan ma’noni, deydilar ulamolarimiz, ikki xil tushunish mumkin.Birinchisi oxiri zamonda bir qavmlar chiqadiki ular soqolni faqat jag‘lariga xuddi kabutarning jig‘ildoniga o‘xshatib qo‘yadilar. Bunda sunnatga xilof qilib faqat iyakkagina soqol qo‘yish ham qoralangan bo‘ladi.Ikkinchisi oxiri zamonda bir qavmlar chiqadiki ular soqolni xuddi kabutarning jig‘ildoniga o‘xshatib qoraga bo‘yab yuradilar.Demak, ikki mazkur ish ham yaxshi emas ekan. Ulamolarimiz soch-soqolni qoraga bo‘yash haqidagi barcha dalillarni chuqur tahlil qilib chiqqanlaridan keyin, soch-soqolni qoraga bo‘yash makruh, degan qarorga kelishgan.Oisha roziyallohu anhodan hinno ila bo‘yash haqida so‘raldi. U kishi:«Hechqisi yo‘q. Lekin men yoqtirmayman. Chunki habibim sollallohu alayhi vasallam uning hidini yoqtirmas edilar», dedilar».Sharh: Soqolga tegishli ma’lumotlarni avval keltirdik. Endi ulamolarimiz soch haqidagi hujjat va dalillarni jamlab tahlil qilib chiqib tartibga solgan hukmlardan ba’zilarini zikr qilamiz;1. Insonning sochi o‘zida turganidan ham, olinganidan keyin ham pokdir.2. Insonning sochini sotib yoki biror narsa uchun undan foydalanib bo‘lmaydi.3. Vafot etgan odamning sochini olib bo‘lmaydi.4. Kishi o‘z sochini yaxshilab parvarishlab yurishi lozim.5. Sochni o‘stirib yoki hammasini oldirib yurish joiz.6. Kokil qo‘yish joiz emas.7. Soch qo‘ygan odamlar uni ikrom qilishlari lozim. Yuvib, tarab, moylab yurish bilan.8. Sochning oqini yulish makruh.9. Sochni qop – qora rangdan boshqa rangga bo‘yash joiz.10. Ulama soch qilish harom.
27 Апрел 2022, 19:18 | Савол-жавоблар | 162 | Dolzarb savollar