Kechasi yurish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kanallardan birida kechasi yurish yaxshimasligi haqida hadis o‘qigandim, lekin topolmayapman. Man bir kishiga shunaqa manoda xadis bor edi desam ishonmasdan tortishdi, balki man adashgandurman lekin ko‘rgandim shunaka xadis. Sizlardan iltimos, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan kechasi zaruratsiz yurishdan qaytarilgan xadis bo‘lsa arabcha matni bilan keltirib o‘tsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْ يَعْلَمُ النَّاسُ مَا فِي الْوَحْدَةِ مَا أَعْلَمُ مَا سَارَ رَاكِبٌ بِلَيْلٍ وَحْدَهُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar odamlar yolg‘izlikda nimalar borligini men bilganchalik bilganlarida, birorta ham otliq tunda yolg‘iz yurmas edi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 20:02 | Савол-жавоблар | 149 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar